» » Fransiyalik mer musulmonlarning farzandlari ortiq darajada ko‘pligi haqidagi so‘zlari tufayli jarimaga tortildi

Fransiyalik mer musulmonlarning farzandlari ortiq darajada ko‘pligi haqidagi so‘zlari tufayli jarimaga tortildi


Fransiyaning Bezye shahri meri Rober Menar shaharda musulmon bolalari ko‘payib ketgani haqidagi so‘zlari tufayli jarimaga tortildi. Bu haqda, SudRadio resursiga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

“Milliy jabha” o‘ng partiyasi tarafdori bo‘lmish shahar rahbari “nafratga va diskriminatsiyaga da’vat etish”da ayblanmoqda. Bunga sabab uning Twitter’da qoldirgan izohi bo‘ldi.

Qizig‘i, o‘z mikroblogida u musulmon bolalarini tilga olmay, faqat ishora qilib o‘tgan.

“O‘zgarish jarayoni ketayotganining eng yorqin dalilini ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, shunchaki eski maktab suratlariga qarang”, — deb yozgan siyosatchi.

#rentreedesclasses : la preuve la plus ?clatante du #GrandRemplacement en cours. Il suffit de regarder d'anciennes photos de classe. ..

— Robert M?nard (@RobertMenardFR) September 1, 2016

Menar sud qaroriga ko‘ra 2 ming yevro jarima to‘laydigan bo‘ldi. Shuningdek, u sud xarajatlari uchun ming yevro, ma’naviy zarar uchun yetti huquq himoya qiluvchi tashkilotga ming yevrodan to‘laydi.

Menarning advokati sud qarori ustidan shikoyat qilishini bildirdi. Merning o‘zi esa sudni “bu yo‘l bilan so‘z erkinligiga qatl hukmi o‘qimaslikka” chaqirdi.

Опубликовано: admin (26-04-2017, 23:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 63) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют