» » Lionel Messi YChL 2019/20-yilgi mavsumida driblinglar soni bo‘yicha yakka peshqadam bo‘lib turibdi

Lionel Messi YChL 2019/20-yilgi mavsumida driblinglar soni bo‘yicha yakka peshqadam bo‘lib turibdi


“Barselona” hujumchisi Lionel Messi Chempionlar Ligasi 2019/20-yilgi mavsumida dribling ishlatish bo‘yicha yetakchi bo‘lib turibdi.

33 yoshli futbolchi musobaqa joriy mavsumida shu vaqtga qadar 54 marta raqiblarini aldab o‘tgan — har bir o‘yinda o‘rtacha 7,7 marta. Bu esa eng yaqin ta’qibchidan 21 taga ko‘p degandi. Ikkinchi o‘rindagi “Chelsi” yarim himoyachisi Mateo Kovachich 33 marta dribling ishlatgan.

Eslatib o‘tamiz, argentinalik forvard La Liga 2019/20-yilgi mavsumida ham eng yaxshi driblingchi bo‘lgandi.

Messi Primera joriy mavsumida 33 o‘yinda maydonga tushib, 25 gol va 23 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Messi italyan jamoalariga qarshi. Leoning “Yuventus”, “Milan” va “Roma” darvozasiga urgan gollari (video)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-08-2020, 22:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 76) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют