WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Belarusda yirik OAVlarning saytlari ishlamay qoldi
Belarusda yirik OAVlarning saytlari ishlamay qoldi
Belarusda 9-avgust oqshomida mamlakatning barcha yetakchi ommaviy axborot vositalarining saytlari ochilmay qoldi, deya xabar bermoqda Meduza.
Toshkent vaqti bilan 23:59 holatiga ko‘ra, “Belta” davlat axborot agentligi, eng yirik mustaqil portal — “Tut.by”, shuningdek, “Nasha niva”, “Onlayner”, “Belorusskiy partizan” kabi OAVlarning saytlari ochilmayotgan edi.
“Mediazona”ning qayd etishicha, poytaxt Minskda Uber va “Yandeks.Taksi” xizmatlari ishlamay qolgan. Qayd etish joiz, 9-avgust kuni kunduzi Belarusda messenjerlar va ijtimoiy tarmoqlar faoliyatida ayrim nosozliklar yuz berayotgani haqida xabar berilgan edi.
Mavzuga doir:
Manba: Daryo.uz
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!

Что нужно улучшить на нашем сайте?
КТО НА САЙТЕ?
(
6)
(
0)
(
5)
(
1)





- отсутствуют
