» » Militsiya namoyishchilarni ommaviy ushlamoqda, eng yirik OAV saytlari ishlamayapti, Lukashenko 80 foiz ovoz olyapti. Belarusdagi saylov haqida asosiy ma’lumotlar

Militsiya namoyishchilarni ommaviy ushlamoqda, eng yirik OAV saytlari ishlamayapti, Lukashenko 80 foiz ovoz olyapti. Belarusdagi saylov haqida asosiy ma’lumotlar


Belarusda 9-avgust kuni prezident saylovi bo‘lib o‘tdi. Saylov uchastkalari mahalliy vaqt bilan 20:00 (Toshkent vaqti bilan 22:00)da yopildi. Rasmiy davlat ekzit-pollari ma’lumotiga ko‘ra, amaldagi prezident Aleksandr Lukashenko 79,7 foiz ovoz olgan, uning eng asosiy raqibi Svetlana Tixanovskaya esa 6,8 foiz ovozni qo‘lga kiritgan. STV telekanalining ekzit-poli Lukashenkoga 71,4 foiz, Tixanovskayaga 10,1 foiz ovoz berdi. Xorijdagi saylov uchastkalarida esa, ekzit-pollarga ko‘ra, vaziyat mutlaqo teskari — Belarusdan tashqarida Tixanovskaya yaqqol ustunlikka erishgan. Markaziy saylov komissiyasi (MSK) tomonidan e’lon qilingan saylovning dastlabki natijalarida esa Lukashenko 81 foiz, Tixanovskaya esa 8 foiz ovoz olganini ko‘rsatmoqda. MSK saylovning yakuniy natijalarini 14-avgust kuni e’lon qilishni rejalashtirmoqda.

Ovoz berish jarayonida saylovchilar juda faol ishtirok etdi. MSKning rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra, soat 18:00 gacha saylovchilarning 79 foizi ovoz berib bo‘lgan edi. Saylov uchastkalari yopilishi arafasida ovoz berish niyatidagi saylovchilarning katta navbatlari yuzaga keldi, shu sababli Minskdagi 10 ta saylov uchastkasi 20:00 dan keyin ham ishini to‘xtatmadi, vaholanki avvalroq MSK raisi Lidiya Yermoshina barcha saylov uchastkalari bir vaqtda yopilishini, shu bois kechki mahal u yerlarga borish tavsiya etilmasligini ta’kidlagan edi. Xorijdagi saylov uchastkalarida, xususan, Moskva, Varshava va Kiyevdagi elchixonalarda ham hamma ovoz bera olmadi. Ushbu shaharlarda ovoz berishga ulgurmaganlar saylov uchastkalarining ishini uzaytirish talabi bilan elchixonalar oldida norozilik namoyishlari uyushtirdi; Moskvada politsiyaning maxsus kuchlari diplomatik missiya binosi oldida to‘planganlarni tarqatib yubordi, biroq hech kim qo‘lga olingani yo‘q.

Belarusda saylov kuni internet nosozliklar bilan ishladi. Foydalanuvchilar Telegram va Viber messenjerlari, shuningdek, VPN-servislardan foydalanishda muammolarga duch kelayotganini ta’kidladi. “Beltelekom” davlat aloqa operatori foydalanuvchilarida esa umuman har qanday saytga kirishda muammolar kuzatildi. Shuningdek, kun davomida “Nasha niva” va “Kyky.org” kabi mustaqil agentlik va nashrlarning saytlari ham ishlamay qoldi. Ovoz berish jarayoni yakuniga yetishi bilan esa mamlakatning eng yirik yangiliklar portali — “Tut.by” va “Belta” davlat axborot agentligi saytlari ham ishlamay qoldi.

В Минске ОМОН начал задерживать людей. Окружающие бросились их отбивать. pic.twitter.com/iP09NhID61

— TUT.BY (@tutby) August 9, 2020

Saylov uchastkalari yopilishi bilan Belarusning yirik shaharlarida qo‘lga olishlar boshlandi. Huquq-tartibot organlari xodimlari Lukashenko muxoliflarining soat 22:00 ga belgilangan to‘planishlariga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida eng yirik shaharlardagi asosiy maydonlarga borish yo‘llarini yopib qo‘ydi. Ayrim joylarda ko‘chaga chiqqan odamlar militsiya bilan to‘qnashgan. Turli hisob-kitoblarga ko‘ra, Minsk markazida 1 mingdan 5 ming nafargacha odam ko‘chaga chiqqan, ularni tarqatib yuborish uchun militsiyaning maxsus kuchlari yorug‘lik-shovqinli granatalardan foydalangan. Mogilyov, Brest, Vitebsk shaharlarida ham yuzlab norozilar ko‘chaga chiqqan. Brestda militsiya namoyishchilarga qarshi ko‘zdan yosh oqizuvchi gazdan foydalangani haqida axborot bor.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-08-2020, 01:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют