» » Chorvoqda chomilishni taqiqlash taklif etilmoqda

Chorvoqda chomilishni taqiqlash taklif etilmoqda


Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan 8-avgustda Chorvoq suv ombori havzasining sanitariya muhofazasini yaxshilash chora-tadbirlari togrisidagi hukumat qarori loyihasini jamoatchilik muhokamasi regulation.gov.uz portaliga joylashtirilgan.

Toshkent viloyati, Bostonliq tumanida joylashgan Chorvoq suv ombori (Chorvoq) poytaxt aholisi orasida eng ommaviylashgan dam olish maskanlaridan biri. Ammo uzoq yillar davomida mahalliy plyajlardagi sharoitlar hamda dam oluvchilarning xavfsizligi masalasi tanqid qilingan.

Hujjatda qayd etilishicha Toshkent shahri va Toshkent viloyati aholisini ekologik jihatdan toza va sifatli ichimlik suvi bilan taminlashda strategik ahamiyatga ega, songgi yillarda suv omborida toplanayotgan suvning sanitariya-gigiyenik holati maishiy va kimyoviy chiqindilar tashlanishi sababli tobora yomonlashib bormoqda suv ombori strategik ahamiyatga ega.

Bundan tashqari, Chorvoq suv ombori joylashgan hudud relyefining murakkabligi, suvning 220 metrdan chuqurligi hamda suvda suzuvchi transport vositalaridan foydalanish, aksariyat holatlarda aholi tomonidan chomilish qoidalariga rioya etilmasligi chokish bilan bogliq noxush holatlarga olib kelayotgani ham Vazirlar Mahakasining qarorida bayon qilingan. 2017-yilda ikkita skuter toqnashuvi oqibatida ikki nafar, 2015-yildan 2020-yil iyuligacha 8 nafar odamning chokib ketgani ham eslatib otilgan.

Qaror loyihasida Sogliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qomitasi, Turizmni rivojlantirish davlat qomitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Ozbekgidroenergo AJning Chorvoq suv omborida motorli qayiqlar, katerlar, yaxtalar, gidrotsikl va boshqa suzuvchi vositalardan foydalanilish va aholining chomilishini taqiqlash boyicha takliflari inobatga olib, 2020-yil 1-avgustdan boshlab Toshkent viloyatining Bostonliq tumanida joylashgan Chorvoq suv omborida jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bolgan motorli qayiqlar, katerlar, yaxtalar, gidrotsikl va boshqa suzuvchi vositalardan foydalanish hamda plyajlar tashkil etish va suv omborining qirgogi perimetri boylab aholining chomilishi qatiyan taqiqlash taklif qilinmoqda.

Chorvoq suv omborida maxsus vazifalarni bajarish vakolatiga ega bolgan vazirlik va idoralarga oz motorli qayiqlaridan foydalanishga ruxsat etilishi mumkin.

Hujjat loyihasining muhokamasi 23-avgustga qadar davom etadi.

Qaror loyihasi ostida foydalanuvchilar qoldirgan izohlarda boshqa xorij mamlakatlaridagi okean va dengizlarda yiliga FVV hujjatda keltirib otganidan koproq odamlar halok bolishi, lekin u yerlarda plyajlar yopilmasligi qayd etilgan. Yana bir fuqaro plyajlardaodamlar xavfsizligini taminlashga katta sarf-xarajat ketmasligi va buning uchun suv omborini yopib qoyishni togri qaror deb hisoblamasligini bildirgan. Boshqa bir foydalanuvchi esa FVV turizmni rivojlantiraman deb xalqni dam olish huquqini poymol qilayotgani haqida yozgan.

Eslatib otamiz, Vazirlar Mahkamasining pandemiyadan keyin turizmni tiklashga qaratilgan qarorida Toshkent viloyatidagi Chorvoq suv omborida skuterlar va motorli qayiqlardan foydalanish taqiqlab qoyilgan.

Taqiq motorli bolmagan qayiqlarga, muqobil energiya manbalari orqali harakatlanuvchi suv transportiga, maxsus motorli qayiqlarga, vazirliklar va idoralarning vakolatli suv transportlariga taalluqli emas.

Bundan tashqari, Chirchiq daryosi va uning irmoqlari boyida suzish, avtoulovlarni yuvish va maishiy chiqindilarni tashlash taqiqlanadi. Faqatgina maxsus ajratilgan joylar bundan mustasno.



Manba: Daryo.uz
: admin (10-08-2020, 07:41)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 8) ( 0) ( 6) ( 2)
:
-
:
20 ... -