» » “Chorvoq” turistik zonasiga McDonald’s, Starbucks va Burger King’ni taklif etishga qaror qilindi

“Chorvoq” turistik zonasiga McDonald’s, Starbucks va Burger King’ni taklif etishga qaror qilindi


O‘zbekistonga McDonald’s, Starbucks va Burger King’ni taklif etishga qaror qilindi. Bu Vazirlar Mahkamasining “‘Chorvoq’ erkin turistik zonasini (ETZ) tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida nazarda tutilgan, deb xabar beradi Spot.

Hujjatda ta’kidlanishicha, Toshkent viloyatida turizm uchun ajoyib tabiiy sharoitlar mavjud, jumladan, Chorvoq suv ombori. Kichik infratuzilma mavjudligiga qaramasdan, bu yer chet ellik sayyohlarning xalqaro so‘rovlari va talablariga javob bermaydi.

Shu sababli “Chorvoq” erkin turistik zonasini yanada rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi. Reja bandlaridan birida mamlakatda ovqatlanish sohasidagi jahon brendlarini taklif etish nazarda turilgan.

Xususan, 2019-yilning yanvariga qadar erkin turistik zona hududida jahon talab va standartlariga javob beradigan ovqatlanish borasidagi McDonald’s, Starbucks, Burger King va KFC kabi xalqaro brendlar tarmoqlarini yaratish masalalari ko‘rib chiqilishi kerak.

Bunga ETZ direksiyasi, Davlat turizm qo‘mitasi va Toshkent viloyati hokimiyati mas’ul etib tayinlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-05-2018, 14:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют