» » Ozbekistonda Chorvoq erkin turistik zonasi tashkil etiladi

Ozbekistonda Chorvoq erkin turistik zonasi tashkil etiladi


Ozbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-dekabr kuni Chorvoq erkin turistik zonasini tashkil etish togrisidagi farmonni imzoladi, deb yozadi Gazeta.uz. Hujjat Toshkent viloyatining sayyohlik salohiyatini rivojlantirish, hududga chet ellik vamahallik sayyohlarni jalb qilish uchun qulay sharoitlarni yaratish, zamonaviy infratuzilmalarni rivojlantirish hamda turistik, mehmonxona vatransport xizmatlari sifatini yaxshilashga qaratilgan.

Ozbekistondagi birinchi erkin turistik zona Chimyon-Chorvoq rekreatsiya hududida tashkil etiladi. Uning hududida zamonaviy mehmonxona majmualarini, madaniy-soglomlashtirish, savdo-kongilochar vaturistik ahamiyatdagi boshqa obyektlar, shuningdek zamonaviy muhandislik infratuzilmalari barpo etiladi.

Farmonda hududning ekomuhiti imkoniyatlarini hisobga olgan holda oziga xos turistik yonalishlarni tashkil etish, transport vositalarining arzonligini taminlash, hududda transport harakatining yangi (poyezd, elektropoyezd, avtobus), shujumladan muqobil energiya manbalarida harakatlanuvchi turlarini joriy etish, yolovchi transporti harakatining yonalishlarini kengaytirish, ularning toxtovsiz harakatini tashkil etish, tegishli transport infrastrukturasini rivojlantirish belgilangan.

Turistlar xavfsizligi qoshimcha sharoitlarini, shujumladan, turistik infratuzilma obyektlarini videokuzatuv tizimlari bilan jihozlash, ogohlantirish tizimlarini tashkil etish, zona hududiga keluvchi turistlar haqida yagona malumotlar bazasini, favqulodda holatlarda tez yordam berish tizimini joriy etish yoli bilan yaratish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, muqobil va qayta tiklanadigan manbalarni qollagan holda yangi zamonaviy energiya tejovchi tizimlar vatexnologiyalarni sinov tariqasida joriy qilish asosida oziga xos ekologik tizimni yaratish boyicha loyihalarni amalga oshirish kozda tutilgan.

Chorvoq erkin turistik zonasining faoliyat korsatish muddati keyinchalik uzaytirish imkoniyati bilan 30 yil etib belgilandi. Erkin turistik zonaga vazona ishtirokchilari sifatida royxatdan otgan tadbirkorlik subyektlariga erkin iqtisodiy zonalar togrisidagi qonunchilik qoidalari, jumladan erkin iqtisodiy zonalar vaularning ishtirokchilari uchun nazarda tutilgan barcha imtiyoz vaafzalliklar tatbiq etildi.

Ozbekiston Tiklanish vataraqqiyot jamgarmasiga kredit vafoizlarni uzishning qulay shartlarini taqdim etishni oz ichiga oluvchi 100 million AQSh dollari miqdoridagi imtiyozli kredit liniyalari ochishni taminlash topshirilgan.

Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, Ozsanoatqurilishbank va Asaka banklariga erkin turistik zona hududida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarida banklarning, shujumladan banklarning tegishli investitsiya kompaniyalari orqali 100 foizgacha ishtirok etish huquqi berildi.

Bugun Toshkent viloyatida mahalliy vaxorijiy turistlarga xizmat korsatuvchi jami 120 takorxona faoliyat korsatmoqda: ulardan 15 tasi turistik operatorlar, kuniga 2440 taturistga xizmat korsatish imkoniyatiga ega bolgan 45 mehmonxona, 71 sanatoriy vadam olish maskanlari. Turizm xizmatlari eksportning jami 44,6 million AQSh dollarini tashkil etadi, buesa osishning 109,2 foizini tashkil etadi.

Shunga qaramay, mintaqaning yirik turistik salohiyati vatabiiy resurslari hisobga olinsa, bu korsatkichni qoniqarli deb bolmaydi, yani turar joylar, sanatoriylar vadam olish maskanlarini joylashtirish uchun yetarlicha mablaglar mavjud emas, turistik infratuzilmalar rivojlanish vaturistlarga korsatilayotgan xizmatlar sifati past, shuningdek, ularning turlari soni cheklangan, deyiladi farmonga berilgan rasmiy sharhda.

: admin (6-12-2017, 10:29)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 4) ( 0) ( 2) ( 2)
:
-
:
20 ... -