» » FVV Chorvoqda plyaj tashkil etgan tadbirkorlarni xavfsizlik qoidalariga rioya etmayotganlikda aybladi

FVV Chorvoqda plyaj tashkil etgan tadbirkorlarni xavfsizlik qoidalariga rioya etmayotganlikda aybladi


Toshkent viloyatidagi Chorvoq suv ombori hududida joylashgan dam olish maskanlarida xizmat ko‘rsatayotgan tadbirkorlar plyajlarni tashkil etish tartib-qoidalarini qo‘pol ravishda buzmoqda. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi boshqarma boshlig‘i Shuhrat Dadaxonov 30-may kuni Milliy matbuot markazida o‘tkazilgan anjumanda aytib o‘tdi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri Musulmonbek Ibrohimov.

“Plyajlarda amal qilinishi zarur bo‘lgan tartib-qoidalar hukumat qarori bilan tasdiqlab qo‘yilgan. Ming afsuski, Chorvoq suv omboridagi plyajlarda tadbirkorlar xavfsizlik qoidalariga umuman rioya etmayapti. Masalan, skuterlarni masofa saqlamay, belgilanmagan hududda boshqarish yoki qayiqlarda fuqarolarni xavfsizlik nimchalarisiz sayr qildirish kabi qoidabuzarliklar shular jumlasidan”, — deydi boshqarma boshlig‘i.

FVV mas’ul xodimining ma’lum qilishicha, o‘z vaqtida Chorvoqdagi dam oluvchilardan biri skuterni tartibsiz boshqarib, o‘zga bir shaxsning o‘limiga sabab bo‘lgan.

“Dam oluvchilardan biri skuterni tartibsiz boshqarib, suv havzasida cho‘milayotgan boshqa bir fuqaroning boshini yorib yuborgan. Jabrlanuvchi olgan tan jarohatlari natijasida vafot etgan. Afsuski, bu kabi noxush holatlar ko‘plab uchramoqda. Bunga ba’zan inson omili, aksariga mutasaddilarning o‘z vazifalariga yetarli e’tibor qaratmayotgani sabab bo‘lmoqda”, — deya qo‘shimcha qildi u.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda 2019-yilda cho‘milish mavsumi boshlanmay turib, suvda cho‘kib halok bo‘lganlar soni 40 nafardan oshib ketdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-05-2019, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют