» » O‘zbekistonda 2019-yilda cho‘milish mavsumi boshlanmay turib, suvda cho‘kib halok bo‘lganlar soni 40 nafardan oshib ketdi

O‘zbekistonda 2019-yilda cho‘milish mavsumi boshlanmay turib, suvda cho‘kib halok bo‘lganlar soni 40 nafardan oshib ketdi


O‘zbekistonda 2019-yil boshidan beri suvda cho‘kib, halok bo‘lganlarning 17 nafarini voyaga yetmagan shaxslar tashkil etdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi boshqarma boshlig‘i Shuhrat Dadaxonov 30-may kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri Musulmonbek Ibrohimov.

O‘zbekistonda cho‘milish mavsumi rasman 15-mayda ochilib, 15-sentabrga qadar davom etadi. Vazirlik vakilining ta’kidlashicha, 2019-yilda cho‘milish mavsumi boshlanmay turib, cho‘kib halok bo‘lganlar soni 40 nafardan oshib ketgan — bu o‘tgan yilgi davr bilan taqqoslaganda ham ko‘p.

“2018-yil may holatiga ko‘ra, suvda cho‘kib halok bo‘lganlar soni 36 nafarni tashkil etgan bo‘lsa, 2019-yilning mos davrida ularning soni 43 nafardan oshdi. Shundan 17 nafarini voyaga yetmaganlar tashkil etadi”, — dedi Dadaxonov.

Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent va Andijon viloyatlarida 6 nafardan, Buxoro va Samarqand viloyatlarida 4 nafardan, Farg‘ona viloyatida 3 nafar, Toshkent shahri, Navoiy va Xorazm viloyatlarida 2 nafardan, Qashqadaryoda esa 1 nafar fuqaro suvda cho‘kib, vafot etgan (Sirdaryo, Jizzax va Surxondaryo viloyatlari bo‘yicha raqamlar e’lon qilinmadi).

Bu kabi salbiy holatlarning aksariyati ota-onalarning farzandlariga nisbatan bee’tiborligidandir. Mast holatda cho‘milish va avtomobil boshqarish oqibatida suvda cho‘kib vafot etganlar soni ham ortmoqda.

Shuningdek, o‘z joniga qasd qilish va qasddan odamni suvga cho‘ktirish yoki jinoyatni sodir etgandan so‘ng, jasadni suvga tashlab yuborish holatlari ham mavjud.

Shuhrat Dadaxonov, Favqulodda vaziyatlar vazirligi boshqarma boshlig‘i



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-05-2019, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют