» » YPX faoliyatini tanqid qilib kelgan qashqadaryolik blogerning uyi tintuv qilindi. Fuqaroning barmogini sindirishda ayblanayotgan bloger ishni organayotgan IIBning xolisligiga ishonmayapti

YPX faoliyatini tanqid qilib kelgan qashqadaryolik blogerning uyi tintuv qilindi. Fuqaroning barmogini sindirishda ayblanayotgan bloger ishni organayotgan IIBning xolisligiga ishonmayapti


Qashqadaryo viloyatining Yakkabog tumanida yashovchi bloger Maqsud Muzaffarovning uyi tintuv qilindi. Fuqaroning barmogini sindirishda ayblanayotgan bloger mazkur ishni tergov qilayotgan va uning xonadonida tintuv otkazgan IIBning xolisligiga ishonmayapti. Bu haqda Daryo muxbiri bilan suhbatlashgan Maqsud Muzaffarovning aytishicha, faoliyati tanqid qilib kelingan IIB blogerni shu tarzda jazolashga harakat qilmoqda.

Malum bolishicha, karantin paytida yonalishli Damaslar yolkira narxini oshirib yuborgach, blogerlar Maqsud Muzaffarov, Kamil Faxriddinovlar tashabbus bilan chiqib, bepul taksi loyihasini amalga oshirgan.

2020-yil 17-iyun kuni tuman tibbiyot birlashmasidan bozorgacha bolgan masofaga odam tashiyotgan Damaslar 1500 som narx belgilab olishgan ekan. Vaholanki, ortadagi masofa nari borsa ikki kilometrni tashkil etadi. Men esa uch nafar tanishim bilan jami tortta mashinada aholiga bepul xizmat korsatish uchun stoyankaga bordik. Damaschilar bizning niyatimizni bilgach, avvaliga bizga qasdama-qasd yolkira narxini 500 som qilib belgilashdi. Va osha kuni tushgacha shu narxda odam tashidi. 500 somga xizmat korsatmaydigan Damaslar orniga, biz bepul xizmat korsatdik va bozorgacha odam tashidik. Ammo Damaschilar tushdan song, topolon kotarib, bizni kaltaklashdi, deydi bloger Maqsud Muzaffarov.

Tabiiyki aholiga beminnat xizmat korsatishni maqsad qilgan blogerlar ishi ushbu yonalishdagi Damaslar faoliyatini tartibga soluvchi uyushma masullariga ham maqul kelmagan.

Uyushma masuli yonimizga kelib maqsadimizni soradi. Aholi Damaslar narxi oshib ketganidan shikoyat qilayotganini, shu bois taksi qilish niyatimiz borligini aytdik. U bizning ishimiz noqonuniyligini aytdi. Men ham uyushma masuliga uning ham ishi noqonuniyligini, karantin paytida Damaslar faoliyati toxtatilganini aytdim. Va qonuniy tomonlama har ikkimiz ham xato qilayotganimizni bildirdim, deydi bloger.

Voqealar rivojiga kora, Damaschilar blogerlarga bosh ketmaslik uchun ilgari 1500 somdan qatnagan manziliga, 500 som narx belgilagan. Blogerlar esa narx tushganidan xursand bolib, ortga qaytgan. Ammo tushdan song yana osha yerga borishganida, Damas haydovchilari bilan kelishmovchilik yuzaga kelgan.

Menga taksi qilasanmi deb savol berishdi. Ha qilaman dedim. Shunda urib ketishdi. Ustimdan IIBga shikoyat qilib, qolimni sindirdi deb yozib bergan fuqaro Husniddin Rahmatov aynan singani aytilgan qoli bilan yoqamdan ushlab, urgani aks etgan video bor. Videoni IIB tergovchisiga berdik. Ammo tergovchi videoga etibor ham qaratmayapti, deydi bloger.

Aytilishicha, blogerlar va Damaschilar ortasidagi mushtlashuvdan song, tort nafar fuqaro blogerlar ustidan IIBga shikoyat qilgan. Husniddin Rahmatov esa Maqsud Muzaffarov qolini sindirganini bildirgan. 17-iyun kuni tushdan song esa blogerlar ham ularni kaltaklagan fuqarolar ustidan IIBga shikoyat qilgan.

Husniddin Rahmatov 17-iyun kuni soat 15:00 da Maqsud qolimni sindirdi deb IIBga shikoyat qilgan. Vaholanki, osha kuni soat 16:00 da ortamizda mushtlashuv bolgan. Mendagi videoda mushtlashuv aynan soat 16:00 da bolib otgani koringan. IIB tergovchisiga shu videoni korsatib, soatiga etibor qilishini, qolaversa fuqaroning singani aytilgan qoli bilan meni urayotgan joyini korsatdik. Ammo tergovchi bunga umuman etibor qaratmayapti. Sababi IIB vaziyatdan foydalanib, menga dars berib qoymoqchi bolyapti. Shuning uchun ham IIBning xolisligiga ishonmayman, deydi Maqsud Muzaffarov.

Maqsud Muzaffarov mazkur mojarodan song, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi va DXXga videomurojaat yollab, hayoti xavf ostida ekanligini, fuqaro sifatida himoyaga olinishini soragan.

Aynan shu murojaatimdan song, IIB uyimizda tintuv otkazdi. Tintuvdan bir oy oldin menga mazkur voqeaga taalluqli videolarni taqdim etishimni sorab xat berishgandi. Ammo xatda qachon taqdim qilishim kerakligi, agar taqdim etmasam qanday oqibatlarga olib kelishi haqida yozishmagandi. Qolaversa, IIB mazkur sorovdan song ancha payt jim bolib ketdi. Men esa huquqiy tomonlama togri ish qilibman degan xulosadan bu sorovni esdan chiqardim. Biroq bir oydan song tintuvga kelishdi. Tintuvdan oldin telefon va video yozib olingan fleshkani ham berdim. Shunga qaramasdan baribir tintuv otkazishdi, deydi bloger Muzaffarov.

Osha kuni aynan osha soatda bizning uyimizga ham yetti-sakkiz nafar IIB xodimi borib, prokuror sanksiyasi borligini, tintuv otkazishlarini aytdi. Men va uydagilar bunga etiroz bildirdik. Shunga qaramasdan karantin qoidalariga zid ravishda uyimizda tintuv otkazishdi, deydi bloger Kamil Faxriddinov.

Malum bolishicha, blogerlarning uyida tintuv otkazilishiga Shahrisabz shahar prokurori sanksiya bergan.

IIBning Yakkabogdagi ushbu harakati va blogerlarning bundan noroziligi haqida Oliy Majlis senati raisi Tanzila Norboyeva ham senatning oltinchi yalpi majlisida alohida toxtalib otdi va holatni tanqid qildi. Shundan song, voqeaga Qashqadaryo viloyat prokuraturasi munosabat bildirdi.

Yakkabog tuman ichki ishlar bolimi huzuridagi Tergov bolimi tomonidan fuqaro Rahmatov Husniddinning tan-jarohati olganligi holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 105-moddasi 1-qismi (qasddan badanga ortacha ogir shikast yetkazish) bilan qozgatilgan jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda. Jabrlanuvchi tan-jarohatini fuqaro M.Muzaffarov yetkazganligini, osha kuni sodir bolgan janjalni M.Muzaffarov va uning sheriklari telefon apparati hamda avtomashinasida ornatilgan videoni qayd etish uskunasida tasvirga olinganligini bildirgan.

Shunga kora, tergov organi tomonidan M.Muzaffarovga telefon apparati va avtomashinasida ornatilgan videoni qayd qilish uskunasini kozdan kechirish uchun ixtiyoriy taqdim etishi soralganda, M.Muzaffarov tergov organi talabini rad etgan.

Shundan song, jabrlanuvchi H.Rahmatovning korsatuvlarini tekshirib, haqiqiy holatga oydinlik kiritish maqsadida janjalda ishtirok yetgan olti nafar shaxs, shu jumladan ozi hamda M.Muzaffarovning uyida ham tintuv tergov harakatlari otkazilgan. Tintuv otkazish uchun sanksiya berishda qonunchilik talabi buzilmagan. Jinoyat ishi tergovi ustidan Yakkabog tumani va viloyat prokuraturasi tomonidan nazorat ornatilgan. Tergov yakuniga kora qonuniy qaror qabul qilinishi taminlanadi, deyiladi viloyat prokuraturasi bergan axborotda.

Malum qilinishicha, blogerlar Maqsud Muzaffarov hamda Kamil Faxriddinovlar ishini Yakkabog tuman IIB tergovchisi Dilshod Poyonov olib bormoqda.

Tergovchi Husniddin Rahmatovning qoli, togrirogi barmogi singani bilan bogliq vaziyatda uning barmogi qay holatda singaniga, yani men sindirgan bolsam, qayirib sindirdimmi yoki meni urayotgan paytida sindimi yoki biror bir qattiq jismga urilishi oqibatida sindimi? Aynan shu holatlarga etibor bermayapti. Men esa shu savollar ochiq qolayotgani uchun tergovchining xolisligiga ishonmayapman, deydi M.Muzaffarov.

Daryo muxbiri blogerni shubhalantirayotgan vaziyat hamda IIB tergovchisining izohini olish maqsadida Yakkabog tuman IIBda boldi.

Jurnalistni bir soat kuttirgan tergovchi savollarni eshitganidan song, javob berolmasligini, barcha malumotlar IIB axborot xizmatidan olinishi mumkinligini malum qildi. Viloyat IIB axborot xizmati rahbari Iroda Rasulova esa tergovchiga jurnalist savollariga javob berishi lozimligini bildirdi. Shunga qaramasdan tergovchi savollarga javob bermadi.

Iroda Rasulovaning malumot berishicha, Maqsud Muzaffarov tergovchining xolisligiga ishonmayotgan bolsa, unda shikoyat qilishi mumkin, shunda IIB tergovchini almashtiradi yoki tergovni boshqa tuman olib boradi, dedi Iroda Rasulova.

Mazkur voqeaga munosabat bildirgan Oliy Majlis deputati Farhod Zayniyev bloger Maqsud Muzaffarov muntazam ravishda YPX faoliyatini yoritib borayotganini va tizimda yol qoyilayotgan kamchiliklarni yozishda davom etishi tizimda faoliyat yuritayotganlarda blogerga nisbatan salbiy qarashni shakllantirganini takidlaydi va mazkur holatda mutasaddi idora rahbarlari etibor qaratishini, qonun ustuvorligi taminlanishi lozimligini bildiradi.

Qashqadaryolik blogerlar esa ushbu vaziyatda IIB bilganini qilayotganini, blogerlarni himoya qilishi lozim bolgan tashkilot esa sukut saqlayotganini tanqid qiladi.

Qora xalqning kuniga yarash uchun bepul taksi loyihasini tashkillashtirgan blogerni mahalliy taksistlar kaltaklagani yetmagandek, bloger meni urib qolimni sindirdi deb ustidan ariza ham bergan. Videotasvirda bloger kaltaklangani aks etgan bolsa ham blogerning uyini tintuv qilishibdi. Viloyatdagi matbuot xizmatlari jim, AOKA jim, Mass-media jim, haqiqat jim, adolat jim, deb yozadi bloger Otabek Artiqov.

Otabek Artiqov viloyat faollarini voqeaga Prezident etibor qaratmaguncha, muammoga yechim izlamaslikda ayblaydi.

Qani viloyat faollari, yo aynan bu muammoni ham Yurtboshimiz aytganlaridan keyin yechamizmi, ozi Prezident biror muammoni aytmaguncha hech kim yechim izlamaydigan ahvoldamizku..., deydi u.

Blogerlar Zafarbek Solijonov hamda Umid Karimovlar esa viloyatda blogerlarga nisbatan nohaqliklar bolayotgan paytda AOKAning viloyat boshqarmasidan sado chiqmayotganini tanqil qiladi.

Eng qizigi, viloyatdagi AOKA vakili Usmon Nusurov mum tishlagan. U ham bir qorqoqlardandir-da, nima qilsin. Eng qizigi, senat raisi TanzilaNorboyevaYakkabogdagi shu kabi holatlarga diqqat qaratgan. Endi Qashqadaryo viloyat hokimligi va organdagilardan najot kutamiz, shekilli. Holatga toliq izoh berilishi kerak, deb yozadi Zafarbek Solijonov.

AOKAning viloyat boshqarmasi kattasi Usmon Nusurov bunday masalalarda doim jim turadi. Saida Mirziyoyeva etibor qaratgan Qarshidagi xarobaga aylangan jurnalistlar uyining kattalar etiboriga tushmasligiga ham Nusurov aybdor. Blogerni himoya qilolmasa, jurnalistlarga sharoit yaratib berolmasa, bu rahbarga oylik tolashning nima keragi bor? Agentlikni vazifasi faqat tadbir otkazishdan iborat emas-ku! Ular qachongacha ozini yolgon hisobotlar bilan aldab yurmoqchi. Men bloger sifatida AOKAning viloyat boshqarmasi boshligi Usmon Nusurov bu lavozimda ishlashini xohlamayman. Asadjon Xojayevdan viloyatimizga bloger, jurnalistlarni himoya qilishdan qochmaydigan va yakkaboglik blogerlarning ishlarini nazoratga olib, qonuniy manfaatlarini himoya qiladigan xolis odamni rahbarlik lavozimiga tayinlanishini sorayman, deydi Umid Karimov.

Senat tanqidi va blogerlar etirozidan song Usmon Nusurov boshchiligidagi jamoa bloger Yakkabogdagi voqeaga etibor qaratganini bildirdi.

Qashqadaryolik blogerlar M.Muzaffarov hamda K.Faxriddinov bilan bogliq vaziyat boshqarma mutasaddilarining qatiy nazoratiga olingan. Ayni paytda tegishli idoralar bilan hamkorlikda vaziyatga oydinlik kiritish va qonuniy baho berish boyicha ish olib borilmoqda, deyiladi boshqarmaning Telegramdagi rasmiy kanalida.

Daryo muxbiri bilan suhbatlashgan Usmon Nusurov 2020-yil 10-avgust kuni Yakkabog tumanida bolib, blogerlarmuammosiga yechim topilishida komaklashmoqchiligini bildirdi.

Daryo Yakkabogdagi voqealar rivojini kuzatishda davom etadi.



Manba: Daryo.uz
: admin (10-08-2020, 09:41)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 31) ( 0) ( 29) ( 2)
:
-
:
20 ... -