» » Qibrayda chamadon ichidan Oliy sud sobiq xodimining jasadi topildi

Qibrayda chamadon ichidan Oliy sud sobiq xodimining jasadi topildi


Toshkent viloyati Qibray tumanida sayohat chamadonidan murda topildi. Bu haqda Bosh prokuraturaga tayanib, Xabar.uz xabar berdi.

Malumotlarga kora, 8-avgust kuni Qibray tumani IIBga Qodiriya GESlar Kaskadi unitar korxonasi 11-sonli GESining 2-avankamerasida sayohat chemodaniga inson jasadi tiqib qoyilgani haqida xabar kelib tushgan. Hodisa joyi kozdan kechirilganda, yarim ochiq holatdagi BIAHao sayohat chamadoniichidaerkak kishining jasadi borligianiqlangan.

Murdani kozdan kechirish davomida uning badanida tan jarohati va undan qolgan izlar aniqlanmagan. Shimining chontagidan jami 410 ming som miqdorda naqd pul topilgan.

Olib borilgan tergov va tezkor-qidiruv harakatlari natijasida murdaning shaxsiga oydinlik kiritilgan: u 1968-yilda Samarqand viloyatida tugilgan, poytaxtning Yakkasaroy tumanida istiqomat qilib kelgan Sh.A. bolib chiqqan. (Marhum ilgari Ozbekiston Oliy sudida taminotchi vazifasida ishlagani aytilmoqda).

Dastlabki malumotlarga kora, Sh.A. 2020-yilning 7-avgust kuni ertalab uyidan Gentra rusumli avtomashinasida Toshkent shahridagi Respublika Shoshilinch tez tibbiy klinik (sobiq 6-sonli) shifoxonasiga chiqib ketgan. Mazkur transport vositasini aniqlash boyicha Tosib ushlash tadbiri elon qilinib, transport vositasi qayerda ekanligini aniqlash choralari korilmoqda.

Bostonliq tumani sud tibbiy ekspertiza bolinmasining birlamchi malumotnomasida marhum Sh.A. boyin azolari tomtoq jism tasirida siqilishi oqibatida yuzaga kelgan mexanik asfiksiyadan vafot etgani qayd etilgan.

Ayni paytda holat boyicha Qibray tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam oldirish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qozgatilgan.

Jinoyatni fosh etish maqsadida Toshkent viloyat IIBB, Toshkent shahar IIBB hamda tuman IIB xodimlaridan iborat tezkor guruhlar tashkil etilib, tergov hamda tezkor-qidiruv harakatlari amalga oshirilmoqda, deyiladi xabarda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
: admin (10-08-2020, 11:56)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 4) ( 0) ( 1) ( 3)
:
-
:
20 ... -