» » Janubiy Koreyada kuzatilgan kuchli yog‘ingarchilik oqibatida 31 kishi halok bo‘ldi

Janubiy Koreyada kuzatilgan kuchli yog‘ingarchilik oqibatida 31 kishi halok bo‘ldi


Janubiy Koreyada oy boshidan buyon davom etib kelayotgan kuchli yog‘ingarchilik oqibatida yuzaga kelgan suv toshqinlari va ko‘chkilar sabab kamida 31 kishi halok bo‘ldi, yana 11 kishi bedarak yo‘qolganlar safida. Bu haqda Tabiiy ofatlarga qarshi turish markaziy shtabiga tayanib, “TASS” xabar berdi.

O‘tgan dam olish kunlari Kvanju shahrida, shuningdek, Janubiy va Shimoliy Cholla provinsiyalaridan 13 kishi halok bo‘lgan. Mamlakatdagi 11 ta shahar va provinsiyada suv toshqinlari xavfi sabab 7 mingga yaqin odam evakuatsiya qilingan, 3,4 ming fuqaro vaqtinchalik yashash punktlarida qolmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 14 mingdan ortiq uy-joylar va jamoat binolari, shuningdek, 4,3 mingga yaqin ko‘prik va avtomobil trassalariga shikast yetgan. Hozirga qadar 700 ga yaqin ko‘chki qayd etilgan, 25 ming gektar qishloq xo‘jaligi mahsulotlari suv ostida qolib ketgan. Kuchli yog‘ingarchilik qator temiryo‘l uchastkalarida harakatlarning to‘xtab qolishiga sabab bo‘lgan.

Sinoptiklar yomg‘ir kuchayishini prognoz qilmoqda, chunki Koreya yarimoroliga “Chanmi” tayfuni yaqinlashyapti. U 11-avgust kuni Chedudo oroli yaqiniga, shundan so‘ng mamlakatning janubiy qirg‘oqlariga yetib kelishi kutilmoqda. Prognozlarga ko‘ra, Janubiy Koreya hududiga 80-250 millimetr yomg‘ir yog‘adi.

Avvalroq Janubiy Koreyada kuchli sel kelishi oqibatida 10 dan ortiq odam halok bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Ta’kidlanishicha, tabiiy ofat oqibatlari bilan kurashish uchun 25 mingdan ortiq politsiyachi va qutqaruvchilar, shuningdek, ko‘ngillilar jalb qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-08-2020, 17:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют