» » Qibrayda yer maydonlari xatlovi boshlandi. Unda tumanning birorta mutaxassisi qatnashmaydi

Qibrayda yer maydonlari xatlovi boshlandi. Unda tumanning birorta mutaxassisi qatnashmaydi


Prezident topshirig‘iga muvofiq Toshkent viloyati Qibray tumani yer maydonlari xatlovi boshlandi. Bu haqda “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

“Xatlovda har bir qarich yerning holatini o‘rganishimiz kerak. Xatlov haqqoniy va adolatli bo‘lishi uchun Qibray tumanining birorta mutaxassisi bu jarayonda qatnashmaydi. Xatlovda dronlar, yordamchi xaritalar, GPS navigatorlar va boshqa barcha zarur uskunalardan foydalanib, bizga haqiqiy holatni ko‘rsatib bering. Qayerda qanday muammo borligini bilsakkina, unga yechim topishning imkoni paydo bo‘ladi”, — dedi qo‘mita raisi Halilillo To‘raxo‘jayev.

Xatlovning kunlik natijalari “yergeoportal.uz”ga joylashtirib borilishi maqsad qilingan. Yakunda Qibray tumani yerlaridan foydalanuvchilar to‘g‘risidagi hamda yerning hozirgi holati to‘g‘risidagi axborotlar geoportalda aks etadi.

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri va Toshkent viloyatining o‘zaro chegaradosh bo‘lgan tumanlari hududlarini o‘zgartirish bo‘yicha tayyorlangan loyihalar taqdimoti bilan tanishgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Unga ko‘ra, aholiga qulaylik yaratish maqsadida shahardan Toshkent viloyatiga 1010 gektar, viloyatdan poytaxtga 10 196 gektar yer maydoni o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Prezident poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumaniga qarashli, 385 gektar maydonga ega bo‘lgan Ulug‘bek shaharchasini Toshkent viloyatiga berish to‘g‘risidagi taklifni ma’qullagan. Shaharchaning Qibray tumanining ma’muriy markaziga aylanishi kutilmoqda. Biroq Ulug‘bek shaharchasi aholisi Toshkent viloyati tarkibiga o‘tishga qarshi chiqdi.

Mavzuga doir: Bosh prokuratura: So‘nggi 2 yilda noqonuniy yer sotish bilan bog‘liq 473 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-08-2020, 18:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 84) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют