» » Mashhur hind aktyori Amir Xon Turkiyada film suratga oladi

Mashhur hind aktyori Amir Xon Turkiyada film suratga oladi


Taniqli hind aktyori Amir Xon “Forrest Gamp” filmi remeykini Turkiyada suratga oladi, deb xabar beradi “RusTurkeycom”.

55 yoshli aktyorning so‘zlariga ko‘ra, u so‘nggi tashrifida Turkiyaning kino sanoatidagi texnik infratuzilmasi, rivojlangan kinematografiya imkoniyatlari bilan tanishdi hamda aynan ushbu mamlakatda film suratga olishga qaror qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, aktyor shu oyda Turkiya Madaniyat vazirligi bilan muzokara olib borish uchun mamlakatga boradi. Filmni suratga olish ishlari shu yilning oktabr oyida boshlanishi kutilmoqda.

Amir Xonning “Sirli super yulduz” filmi turk tomoshabinlari orasida katta muvaffaqiyat qozongan va shuningdek, aktyor mamlakat madaniyat vazirligi taklifiga ko‘ra respublikada tez-tez mehmon bo‘lgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-08-2020, 20:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 101) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют