Xorxe Masvidal UFC’dan Kamaru Usmon bilan revansh jangi tashkil qilishni talab qilmoqda
UFC’ning yarim o‘rta vazn toifasi vakili Xorxe Masvidal ushbu vazn chempioni Kamaru Usmonga qarshi revansh jangi o‘tkazilishini xohlamoqda.
6 kunda 8 kilogramm vazn tashladim. Keyin Las-Vegasga, undan so‘ng esa Abu-Dabiga uchib bordim. Chempion bilan jang qildim. Uni jangdan bir daqiqagacha bo‘lsa ham uzib qo‘ydim, unga zarar yetkaza oldim. Buni qaytarishga tayyorman. Endi UFC’ning navbati. Yurish sizdan!
Xorxe Masvidal, UFC jangchisi
Eslatib o‘tamiz, Xorxe Masvidal UFC 251 musobaqasi doirasida 12-iyulda Kamaru Usmonga qarshi jang qildi va ochkolar evaziga mag‘lub bo‘ldi. Qayd etish joiz, Usmon bilan aslida Gilbert Byorns jang qilishi lozim edi. Ammo Byornsda koronavirus aniqlangani sabab uning o‘rnini Masvidal egallagandi.
Xorxe Masvidal raqibini 5 soniya ichida nokautga uchratgan jangni ko‘rganmisiz? Uni tomosha qiling (video)
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Manba: Daryo.uz
Добавить комментарий!
