» » Google asoschisi Sergey Brin maxfiy ravishda dirijabl qurayotgani aniqlandi

Google asoschisi Sergey Brin maxfiy ravishda dirijabl qurayotgani aniqlandi


Google asoschilaridan biri Sergey Brin dirijabl qurish bo‘yicha maxfiy loyiha olib bormoqda. Bu Bloomberg agentligiga ma’lum bo‘ldi, deb xabar beradi Meduza.

Qurilish Eyms tadqiqot markazida olib borilmoqda. 2015-yili u yerda Google bo‘linmalaridan biri NASA’dan bir necha katta angar sotib olgan edi. Markaz Google shtab-kvartirasi joylashgan Mauntin-Vyuga yaqindir.

Ma’lum qilinishicha, g‘oya Brinda uch yil oldin, u “Meykon” dirijablining fotosuratlarini ko‘rganida tug‘ilgan. Mazkur eng yirik geliyli dirijabl 1933-yili AQSh harbiy-dengiz kuchlari buyurtmasiga binoan qurilgan edi. Loyihaga NASA loyihalarining sobiq rahbari Alan Ueston boshchilik qilgan edi.

2013-yili Ueston yoqilg‘i sarfi nuqtai nazaridan samolyotdan ko‘ra samarador bo‘ladigan dirijabl yaratish mumkinligini aytib o‘tgan edi.

Brinning o‘zi bu yangilikka izoh berishdan bosh tortdi.

Опубликовано: admin (27-04-2017, 04:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют