» » Google asoschilaridan biri “uchar avtomobil”ni taqdim etdi (video)

Google asoschilaridan biri “uchar avtomobil”ni taqdim etdi (video)


Google kompaniyasi asoschilaridan biri Larri Peyj tomonidan moliyalashtiriladigan Amerikaning Kitty Hawk startapi Flyer nomli “uchar avtomobil”ning birinchi prototipini namoyish qildi. Ulkan multikopter namoyish etilgan rolik kompaniyaning YouTube’dagi kanaliga joylandi.

100 kilogram og‘irlikka ega transport vositasi bitta yo‘lovchiga mo‘ljallangan. Flyer elektr kuchida ishlaydi va tezligini 40 kilometr soatgacha chiqara oladi. Qurilma yaratuvchilarning so‘zlariga ko‘ra, Flyer o‘ta yengil havo kemalari safiga kirgani bois uni boshqarish uchun hech qanday litsenziya shart emas.

Flyer 2017-yilning oxirida sotuvga chiqarilishi rejalashtirilgan, biroq yaratuvchilar qurilmaning so‘nggi narxi borasida yakuniy qarorga kelganicha yo‘q.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (26-04-2017, 16:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют