» » AeroMobil uchar avtomobili 2020-yilga borib seriyali ishlab chiqarila boshlaydi

AeroMobil uchar avtomobili 2020-yilga borib seriyali ishlab chiqarila boshlaydi


Monakoda bo‘lib o‘tgan Top Marques ko‘rgazmasida Slovakiyaning AeroMobil kompaniyasi uchar avtomobil ptototipining yangilangan versiyasini taqdim etdi. Shuningdek, firmaning ma’lum qilishicha, ilk xaridorlar 2020-yilda o‘z mashinalarini olishi mumkin, deb xabar berdi “Motor”.

Aeromobil ustida ish 25 yildan ortiqroq vaqtdan beri davom etmoqda. Yangilangan prototipning uzunligi olti metr, eni esa qanotlari yoyilgan holda to‘qqiz metga teng (avtomobil holatida 2,2 metrga teng).

Mashina ikki litrli oppozitli “to‘rtlik” bilan jihozlangan. U oldingi o‘qdagi ikkita elektromotorga energiya ishlab chiqaradi (aeromobil quvvati avtomobilniki kabi 110 ot kuchiga ega) va vintning ishi uchun javob beradi. Aviatsiya rejimida quvvat 300 ot kuchigacha chiqadi.

Salon ikki kishiga mo‘ljallangan, maksimal uchish og‘irligi 960 kilogramm. Havodagi tezligi 260 kilometr soatgacha chiqishi mumkin. 90 litrli bakda parvoz davomiyligi 750 kilometrga teng. Aeromobil oddiy benzinda harakatlanadi.

Aeromobil yo‘lda tezligini 160 kilometr soatgacha chiqarishi mumkin, “yuzga” chiqishi uchun 10 soniya kifoya qiladi. Soatiga 130 kilometr tezlikda parvozni amalga oshirish mumkin.

Kompaniyaning ta’kidlashicha, mashinaning butunlay parvoz holatiga o‘tishi uchun uch daqiqa yetarli. Yerdagi harakatida yo‘lovchilar xavfsizligini xavfsizlik yostiqchalari va kamarlar ta’minlaydi, havoda esa avtomatik ravishda parashyut ochiladi.

Aeromobil ishlab chiqaruvchilari hozirdan buyurtma olmoqda, mashina narxi 1,2—1,5 million yevroga teng.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (22-04-2017, 11:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 78) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют