» » Tojikistonda yangi o‘quv yili odatdagidek 1-sentabrdan emas, 17-avgustdan boshlanadi

Tojikistonda yangi o‘quv yili odatdagidek 1-sentabrdan emas, 17-avgustdan boshlanadi


Tojikiston Fan va ta’lim vazirligining qaroriga ko‘ra, mamlakatda yangi o‘quv yili har yilgidek 1-sentabrdan emas, balki 17-avgustdan boshlanadi. Bu haqda Asia Plus xabar berdi.

Tojikiston ta’lim vaziri Mahmadyusuf Imomzodaning so‘zlariga ko‘ra, o‘quv yilining boshlanishini ko‘chirish haqidagi qarorning qabul qilinishi o‘tgan o‘quv yilining oxirida o‘quvchilar va o‘qituvchilar koronavirus pandemiyasi sababli belgilangan rejadan ortda qolgani bilan bog‘liq. Vazirning qayd etishicha, bu vaqt moslashuv davri bo‘ladi hamda qolib ketgan darslar o‘tiladi.

Tojikiston Fan va ta’lim vazirligi hukumatga yangi o‘quv yilida o‘quv jarayonini tashkil qilish bo‘yicha uchta ssenariyni taklif qilgan: masofaviy, yarim masofaviy, sanitariya-epidemiologik talablarga rioya qilgan holda an’anaviy ta’lim. Respublika shtabi 5-avgust kuni ta’limni an’anaviy shaklda sanitariya-epidemiologik talablarga rioya qilgan holda tashkil etish haqida qaror qabul qildi. Barcha o‘quvchilar maktabga borib, ta’lim oladi. Bunda ular majburiy tartibda niqob taqishi va antiseptik vositalardan foydalanishi kerak.

Tojikistonning Sog‘liqni saqlash va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bo‘yicha davlat nazorati xizmati mutaxassisi Firdavs Ahrorovning ma’lum qilishicha, Tojikistonda aholining ko‘p qismi internetdan foydalanish imkoniga ega emasligi va uning qimmatligi sababli ta’limning an’anaviy shakli qo‘llab-quvvatlangan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘quv muassasalarida kirish chog‘ida barcha ta’lim oluvchilarning haroratini o‘lchash va qo‘llariga antiseptik vositalar bilan ishlov berish jarayoni tashkil qilinishi kerak. Shuningdek, maktablarda niqob taqish majburiy bo‘ladi hamda o‘quvchilar o‘zi bilan antiseptik vositalar olib yurishi kerak. Uning aytishicha, o‘quv muassasalarini har kuni dezinfeksiya qilish ham majburiy bo‘ladi.

Maktablarda o‘quv jarayonini uch smenada tashkil qilish, ijtimoiy masofani ta’minlash uchun sinflarni guruhlarga bo‘lish, partalar orasini uzaytirish, sport zallari, konferensiya zallari va boshqa yordamchi binolardan foydalanish, koridorlarda bir tomonlama harakatni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.

Qayd etilishicha, Tojikistonda o‘quv yili mamlakat prezidenti va shifokorlari kasallikning yangi to‘lqiniga tayyor bo‘lish haqida ogohlantirayotgan bir paytda boshlanadi. O‘quv yili boshlanishi bilan kasallanish xavfi bir necha marta oshadi.

Shifokorlar fikricha, hozirgi paytda mamlakatda vaziyat barqaror, biroq qisqa vaqt ichida vaziyat yomonlashishi mumkin.

Firdavs Ahrorovning aytishicha, kuz kelishi bilan kasallanish soni biroz ortishi kutilmoqda. Agar vaziyat yomonlashsa, sanitariya-epidemiologiya xizmati hukumatga masofaviy ta’limga o‘tishni tavsiya qiladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda yangi o‘quv yili oliy ta’lim muassasalarida masofaviy shaklda boshlanadi. Xalq ta’limi vazirligi esa o‘quv yilini boshlash bo‘yicha uchta ssenariy ustida ish olib borayotganini ma’lum qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-08-2020, 05:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют