» » “Liverpul” gretsiyalik himoyachi transferini e’lon qildi

“Liverpul” gretsiyalik himoyachi transferini e’lon qildi


“Liverpul” “Olimpiakos” himoyachisi Konstantinos Simikas bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub rasmiy saytida xabar berildi.

Ta’kidlanishicha, gretsiyalik 24 yoshli futbolchi Mersisayd klubi bilan 2025-yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzolagan. Simikas yangi jamoasida 21-raqam ostida harakat qiladi. Hozircha futbolchining transfer summasi oshkor etilmagan, biroq avvalroq futbolchi “Liverpul”ga 13 million yevroga tushishi haqida xabarlar tarqalgandi.

Konstantinos Simikas “Olimpiakos” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U o‘tgan mavsumda Gretsiya chempionatining 20 ta o‘yinida ishtirok etib, o‘z nomiga 5 ta gol va 4 ta sariq kartochkani rasmiylashtirib qo‘ygan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-08-2020, 11:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют