» » “Zenit” APL chempionini o‘z safiga qo‘shib oldi

“Zenit” APL chempionini o‘z safiga qo‘shib oldi


“Liverpul” himoyachisi Deyan Lovren faoliyatini Rossiyaning “Zenit” klubida davom ettiradi. Bu haqda piterliklar rasmiy saytida ma’lum qilindi.

31 yoshli xorvatiyalik futbolchi “Zenit” bilan 3 yillik shartnoma imzolagan.

Avvalroq transfer 8,5—12 million yevro atrofidagi narxga baholangani, futbolchining maoshi esa yiliga 2,5 millionni tashkil etishi xabar qilingandi.

Lovren 2014-yildan buyon “Liverpul” safida o‘ynab kelardi. U mersisaydlar klubida 185 o‘yin o‘tkazib, 8 ta golga muallif bo‘ldi. 2018/19-yilgi mavsumda jamoa bilan Yevropa Chempionlar Ligasida g‘olib chiqdi, joriy mavsum esa Angliya chempioniga aylandi.

JCh—2018 finalchisi shuningdek, “Lion” va “Sauthempton” jamoalarida ham to‘p surgan.

“Liverpul” futbolchilari tomonidan 2018/19-yilgi mavsumda urilgan top-10 golni tomosha qiling (video)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-07-2020, 19:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 126) ( 0) ( 126) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют