» » Xitoyda uyni aylanib o‘tgan ko‘prik qurildi. Uning egasi yerni sotishni xohlamagan (video)

Xitoyda uyni aylanib o‘tgan ko‘prik qurildi. Uning egasi yerni sotishni xohlamagan (video)


Xitoyning Guanchjou shahrida egasi sotishdan bosh tortgan uyni aylanib o‘tgan shosse qurildi. TJournal’ning yozishicha, shahar rasmiylari uy egasidan yerni sotib olishga 10 yil davomida harakat qilgan, lekin buning uddasidan chiqa olmagan. Shu sababli loyihaga o‘zgartirish kiritilgan va uy to‘rt polosali ko‘prikning o‘rtasidagi chuqurlikda qolgan.

Uy egasining mahalliy jurnalistlarga bildirishicha, unga morg yaqinidagi uyga ko‘chib o‘tishni taklif qilishgan, lekin u bunga rozi bo‘lmagan. Boshqa manbalarga ko‘ra, u yer uchastkasi evaziga to‘rtta kvartira talab qilgan yoki juda qimmat narx aytgan.

Qayd etilishicha, uy egasi yangi sharoitga ko‘nikkan va o‘zini juda qulay his qilmoqda.

Xitoyda bunday holatlar ko‘plab uchrab turadi. Quruvchilarni smetaga o‘zgartirish kiritishga majbur qiladigan uy egalarini “mixlar” deb atashadi. Bunday uylar sayyohlarni o‘ziga jalb etadi, mahalliy OAVlar esa uning taqdirini kuzatib boradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-08-2020, 13:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 44) ( 0) ( 42) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют