Yevropada mavsum restartidan so‘ng faollik ko‘rsatgan futbolchilardan iborat ramziy terma jamoa tuzildi
Futbol statistikasiga ixtisoslashgan WhoScored portali Yevropa kuchli beshlik chempionatlarida mavsum qayta tiklanganidan so‘ng yuqori saviyada o‘yin ko‘rsatgan futbolchilardan iborat ramziy terma jamoa tuzdi.
To‘liq jamoa quyidagicha ko‘rinish oldi:
Darvozabon: Aleksandr Shvolov (“Frayburg”);
Himoyachilar: Ridle Baku (“Mayns”), Marko Fridl (“Verder”), Manuel Akanji (“Borussiya D”), Gleyson Bremer (“Torino”).
Yarim himoyachilar: Frank Kessie, Xoqon Chalxono‘g‘lu (ikkalasi ham “Milan”), Leon Goretska (“Bavariya”).
Hujumchilar: Denni Ings, Styuart Armstrong (ikkalasi ham “Sauthempton”), Enis Bardhi (“Levante”).
Qayd etish joiz, mazkur jamoada o‘rtacha eng yuqori reytingga ega bo‘lgan o‘yinchi Leon Goretska bo‘ldi. Uning reytingdagi o‘sishi +0,83 teng.
Mavzuga doir:
Manba: Daryo.uz
Добавить комментарий!
