» » Kavani, Villian, David Silva. Yozda erkin agent maqomini oladigan futbolchilardan iborat ramziy terma jamoa

Kavani, Villian, David Silva. Yozda erkin agent maqomini oladigan futbolchilardan iborat ramziy terma jamoa


Transfermarkt portali 2020-yilning yozida erkin agent maqomini oladigan yulduz futbolchilardan iborat ramziy terma jamoani tuzib chiqdi.

Ramziy terma jamoadagi eng qimmat o‘yinchi mavsum so‘nggida PSJni tark etadigan Toma Menye bo‘ldi. 28 yoshli futbolchi 24 million yevroga baholangan. Shuningdek, ro‘yxatdan Dris Mertens (“Napoli”), Villian (“Chelsi”), David Silva (“Manchester Siti”) va Edinson Kavani (PSJ) kabi yulduz futbolchilar o‘rin oldi.

Darvozabon: Valter Daniel Benites (“Nitssa”, 27 yosh, 8 million yevro).

Himoyachilar: Leyvin Kurzava (PSJ, 27 yosh, 12 mln), Yan Vertongen (“Tottenhem”, 33 yosh, 14,5 mln), Malang Sarr (“Nitssa”, 21 yosh, 16 mln), Toma Menye (PSJ, 28 yosh, 24 mln).

Yarim himoyachilar: Jakomo Bonaventura (“Milan”, 30 yosh, 9,5 mln), Rayan Freyzer (“Bornmut”, 26 yosh, 17,5 mln), Villian (“Chelsi”, 31 yosh, 22,5 mln), David Silva (“Manchester Siti”, 34 yosh, 12 mln).

Hujumchilar: Dris Mertens (“Napoli”, 33 yosh, 20 mln), Edinson Kavani (PSJ, 33 yosh, 20 mln).

Mavzuga doir: Villian, Mertens, Kavani. 2020-yil yozida tekinga qo‘lga kiritsa bo‘ladigan futbol yulduzlari



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-05-2020, 16:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 103) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют