» » Putin koronavirusga qarshi dunyoda birinchi vaksina ro‘yxatga olinganini ma’lum qildi. Uning qizlaridan biri ushbu vaksina bilan emlandi

Putin koronavirusga qarshi dunyoda birinchi vaksina ro‘yxatga olinganini ma’lum qildi. Uning qizlaridan biri ushbu vaksina bilan emlandi


Prezident Vladimir Putin Rossiyada koronavirusga qarshi birinchi vaksina ro‘yxatan o‘tkazilganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.

“Menga ma’lum bo‘lishicha, bugun ertalab dunyoda ilk bor yangi koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksina ro‘yxatdan o‘tkazildi”, — degan u hukumat a’zolari bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda. U mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashkoni bu haqda batafsil ma’lumot berishni so‘ragan.

Mamlakat rahbarining ta’kidlashicha, vaksina samarali, barqaror immunitetni shakllantiradi va barcha kerakli sinovlardan o‘tdi. Shuningdek, uning qizlaridan biri ushbu vaksina bilan emlanganini aytgan, biroq aynan qaysi qizi ekanligiga to‘xtalib o‘tmagan.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, birinchi emlanishdan so‘ng qizining tana harorati 38 darajagacha ko‘tarilgan, ertasi kuni esa 37 darajagacha tushgan. “Bo‘ldi. Ikkinchi muolajadan so‘ng tana harorati yana biroz ko‘tarilib, keyin tushdi. O‘zini yaxshi his qilyapti”, — degan u.

Putin Rossiyada vaksinani ommaviy ishlab chiqarishni tashkil etishiga umid qilmoqda. Uning ta’kidlashicha, Rossiyada emlash ixtiyoriy bo‘lishi kerak.

Mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashkoning bildirishicha, vaksina u yaratilgan Gamaleya nomidagi Epidemiologiya va mikrobiologiya markazi, shuningdek, Zelenograddagi “Binnofarm” kompaniyasi tomonidan, keyinchalik boshqa korxonalarda ham ishlab chiqariladi.

Bosh vazir Tatyana Golikova esa shifokorlarni koronavirusga qarshi emlash avgust oxirlari – sentabr boshlarida boshlanishini ma’lum qilgan.

Avvalroq Farmatsevtika kompaniyalari va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarini birlashtirgan Klinik tadqiqotlar tashkilotlari assotsiatsiyasi Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligini Gamaley nomidagi Epidemiologiya va mikrobiologiya markazida ishlab chiqilgan vaksinani ro‘yxatdan o‘tkazishni kechiktirishga chaqirgandi.

Assotsiatsiya vaksina yaratuvchilari uning sinovlarini hatto yuzlab odamlar ishtirokida ham yakunlamagani, bundan tashqari uning asosida sinovlari hali ham davom etayotgan MERS’ga qarshi boshqa vaksina borligini bildirgan va uning samaradorligi to‘g‘risida xulosa berishga hali asos yo‘qligini bildirgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-08-2020, 14:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 102) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют