» » Ehtiyojmand fuqaro “propiska”sidan qat’i nazar, yashab turgan manzilida yordam olishi mumkinligi ma’lum qilindi

Ehtiyojmand fuqaro “propiska”sidan qat’i nazar, yashab turgan manzilida yordam olishi mumkinligi ma’lum qilindi


AOKA binosida 10-avgust, dushanba kuni Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi axborot xizmati rahbari Saodat Boymirzayeva ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.

“Men Samarqand viloyatida doimiy ro‘yxatda turaman. Hozirda Toshkent shahrida ijarada yashab kelyapman. Karantin munosabati bilan hozir hech qayerda ishlamayapman. Men ham Toshkent shahridagi Homiylik markazidan oziq-ovqat yordami olsam bo‘ladimi? Pul mablag‘lari-chi?”, — deya aholidan kelib tushgan savolga vazirlik rasmiysi quyidagicha javob berdi:

“Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi huzuridagi Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish va volontyorlik markazlari faoliyatida bu kabi holatlar juda ko‘p uchraydi.

Mavjud amaliyotga ko‘ra, homiylik yordamlari fuqaroning ayni vaqtda yashab turgan manziliga yetkazib beriladi. Ya’ni siz ma’lum bir joyda doimiy ro‘yxatda turishingiz yoki turmasligingizdan qat’i nazar, yordamlar hozirda yashab turgan uy manzilingizga yuboriladi”, — dedi Saodat Boymirzayeva.

Vazirlik vakili fuqarolar homiylik mahsulotlarini olishi uchun nima qilishi kerakligi borasida ham ma’lumot berib o‘tdi.

“Buning uchun, avvalo, yashab turgan hududingizdagi fuqarolar yig‘iniga murojaat qilish tavsiya etiladi. Shuningdek, mamlakatimiz miqyosida yagona hisoblanuvchi 1197 qisqa raqamlari hamda har bir hududdagi Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish va volontyorlik markazlarining Call-markazlariga telefon orqali murojaat qilasiz.

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligida ham aholiga yanada qulaylik yaratish, homiylik mahsulotlarini yetkazish, bu borada aholi murojaatlarini qabul qilish maqsadida ishonch telefonlari faoliyat yuritmoqda. +(99871) 203-01-21 telefon raqamiga har kuni soat 9:00 dan soat 17:00 ga qadar qo‘ng‘iroq qilib, murojaatlaringizni qoldirishingiz mumkin.

Keltirib o‘tilgan yo‘nalishlar bo‘yicha sizning har bir murojaatingiz qat’iy nazoratga olinadi hamda uy manzilingizga zarur xayriya mahsulotlari yetkazib beriladi.

Homiylik pul mablag‘larini aholiga yetkazish ‘Mahalla’ xayriya jamoat fondi respublika boshqaruvi, fondning hududiy bo‘linmalari huzurida tashkil etilgan ‘Saxovat va ko‘mak’ jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi”, — deydi Saodat Boymirzayeva.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-08-2020, 16:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют