» » Xotinini chavaqlab o‘ldirgan samarqandlik erkak lezviya bilan o‘z joniga qasd qildi. Tirik qolgan er qasddan odam o‘ldirishda ayblanmoqda

Xotinini chavaqlab o‘ldirgan samarqandlik erkak lezviya bilan o‘z joniga qasd qildi. Tirik qolgan er qasddan odam o‘ldirishda ayblanmoqda


Samarqand shahrida yashovchi erkak turmush o‘rtog‘ini o‘tin maydalash uchun mo‘ljallangan bolta bilan urib o‘ldirdi. So‘ngra lezviya bilan qo‘l tomirini kesib, o‘z joniga ham qasd qildi. Bu haqda viloyat prokuraturasiga tayanib, “Daryo” muxbiri xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, 2020-yilning 7-avgustidan 8-avgustiga o‘tar kechasi, soat taxminan 02:00 da Samarqand shahar FVB YoXB navbatchilik qismiga shaharning “O‘rta Xo‘jasoat” mahallasidagi uylarning birida yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar kelib tushgan. O‘t o‘chirish guruhi ushbu xonadonga yetib borib, alangani so‘ndirganidan so‘ng, hovlidan ayol kishining murdasi chiqqan.

Mazkur holat yuzasidan tezkor-tergov guruhi tashkil etilib, hodisa joyi ko‘zdan kechirilganda, hovlining o‘rta qismidagi yo‘lakdan topilgan murda boshining yuqori qismidan to‘rtta va o‘ng qo‘l bilak-tirsak qismidan bitta sanchib kesilgan, suyak sohalari parchalangan holda topilgan. Jasadning shaxsiga aniqlik kiritilganda, u shu xonadon bekasi J.M. ekanligi ma’lum bo‘lgan.

Samarqand viloyat prokuraturasi axborot xizmatining “Daryo”ga ma’lum qilishicha, xonadon ko‘zdan kechirilganda qurib bitkazilmagan hojatxona ichkarisidagi temir bochkadan ikkala qo‘llarining bilak qismi kesilgan, kiyimlari va tanasi qon bilan belangan, o‘ng qo‘lining bosh barmog‘i bilan ko‘rsatkich barmog‘i orasiga lezviya ushlangan, hushsiz holdagi erkak kishi topilgan. Aniqlanishicha, u marhumning turmush o‘rtog‘i M.M. bo‘lgan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshirish davomida M.M. oldindan davom etib kelgan oilaviy nizo oqibatida rasmiy ajrashmagan, ammo bir ro‘zg‘orda yashamagan turmush o‘rtog‘i J.M.ni yog‘och dastali o‘tin maydalash uchun mo‘ljallangan bolta bilan bosh qismiga to‘rt marotaba, o‘ng qo‘l bilak-tirsak qismiga bir marotaba urib, chavaqlab o‘ldirgan.

M.M. sodir etgan o‘ta og‘ir jinoyati izlarini yashirish maqsadida hovlidagi yelim idishda bo‘lgan benzinni yashash xonalarining ichki va tashqi tomonlariga sepib, o‘t qo‘yib yuborgan. Jinoyat quroli hisoblangan boltani hovli to‘ridagi o‘tinlar orasiga yashirib, o‘z joniga qasd qilgan.

Samarqand viloyat sud-tibbiyot ekspertizasining 2020-yil 8-avgust kunidagi dastlabki ma’lumotnomasida, marhuma J.M.ning o‘limi ochiq bosh-miya jarohati, kalla gumbaz suyaklarining sinishi oqibatida kelib chiqqanligi ma’lum qilingan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan M.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-08-2020, 17:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 102) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют