» » Samarqandda ikki soatda ikkita Damas’ni o‘margan shaxs ushlandi

Samarqandda ikki soatda ikkita Damas’ni o‘margan shaxs ushlandi


Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumanida yashovchi 33 yoshli fuqaro R.S. bir kunda ikkita avtomobilni o‘mardi. Bu haqda “Daryo”ga Samarqand viloyati IIB axborot xizmati ma’lum qildi.

U 2020-yilning 4-avgust kuni, taxminan, soat 21:00 da Bulung‘ur tumanining “Bedana” mahallasida yashovchi S.A.ning oynasi ochiq qoldirilgan Damas’i eshigini ochib, mashina salonida bo‘lgan bahosi 1 million 600 ming so‘mlik Redmi-8 rusumli telefon apparatini o‘g‘irlagan.

Bundan tashqari o‘g‘ri soat 22:30 da yana bir qarovsiz qolgan Damas avtomashinasini ochib, mashina salonidan 100 ming so‘m pul, avtomashinani boshqarishga berilgan ishonchnoma hamda sug‘urta polislarini o‘g‘irlagan.

Haydovchilarning arizasi asosida Bulung‘ur tuman IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlarida o‘g‘riliklarni tumanning “Oqtosh” mahallasida yashovchi 1987-yilda tug‘ilgan R.S. sodir etgani aniqlangan. Tekshiruv davomida gumonlanuvchi shaxsning yonidan bir dona Redmi-8 rusumli telefon apparati va 100 ming so‘m pul topilib, xolislar ishtirokida hujjatlashtirilib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Bulung‘ur tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-08-2020, 18:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 104) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют