» » 2019—2020-yillarda suratga olingan eng yaxshi 5 ta turk filmi

2019—2020-yillarda suratga olingan eng yaxshi 5 ta turk filmi


2019—2020-yillarda suratga olingan hamda turli platformalarda tomosha qilinish soni bo‘yicha yetakchilik qilayotgan turk filmlari TOP-5 taligini e’tiboringizga havola etamiz.

1. “7-bo‘lmadagi mo‘jiza” (drama)

Bosh rollarda:

Aras Bulut Iynemli, Nisa Sofiya Aksongur, Deniz Baysal Jelile, Toyon Uysal, Ilker Aksum.

Rejissor:

Mehmet Ada O‘ztekin.

“ 7-bo‘lmadagi mo‘jiza” filmi 7 yoshli qizi bilan bir xil aql-zakovatga ega bo‘lgan otaning adolati haqida. 1983-yilda Egey shaharchasida kichkina qiz vafot etadi. Bu harbiy qo‘mondonning qizi edi. Buvisi bilan yashaydigan va 7 yoshli qizi bo‘lgan Memo uning o‘limida aybdor deb topiladi. Memo o‘zining aybsiz ekanini tushuntirsa-da, unga hech kim ishonmaydi. O‘limga hukm qilingan Memoning qarindoshlari adolat uchun kurashadi.

2. “Bir ishq ikki hayot” (drama)

Bosh rollarda:

Berguzar Korel, Engin Akyurek, Ipek Bilgin, Dilara Chakir, Serhat Paril.

Rejissor:

Ali Bilgin.

Film qahramoni Umut bir kuni kechqurun itini sayr qildirish uchun ko‘chaga chiqadi. Bu sayr uning butun taqdirini o‘zgartiradi. Umut hayotining sevgisi – Deniz bilan tanishadi. Umutning kasbi rejissor, Deniz esa arxitektor. Ikkisi ham bir-birini sevib qoladi. Ammo hammasi shunchaki oddiy emas, bu uchrashuv ko‘plab kutilmagan yoqimli va fojiaviy voqealarni yuzaga chiqaradi.

3. “Redjep Ivedik 6” (komediya)

Bosh rollarda:

Shahan Gyokbakar, Nurullah Jelebi, Somer Karvan, Chidi Benjamin, Jon Kepsin Misodi Teke.

Rejissor:

Togan Gyokbakar.

Redjep Ivedik ko‘chada topib olgan hamyonining Antaliya shahridan bo‘lgan juda muhim bir ishbilarmonga tegishli ekanini bilib, janub tomon yo‘l oladi. Sayohat davomida kulgili hodisalarga duch kelgan Redjep, nihoyat, Antaliyaga keladi va hamyonni turizm menejeri Muhsin Beyga topshiradi. Muhsin bu pul bilan o‘z mehmonxonasida turishni taklif qiladi. Rejep buni qabul qilmaydi va ketayotib, bolalikdagi sevgilisi Sibelni ko‘radi. Unga yoqishga harakat qiladi. Lekin Sibel uni tanimaydi. Shundan so‘ng, Redjep mehmonxonada qolishga rozi bo‘ladi. Redjep Sibelga yoqish uchun harakat qilib, kulgili voqealarni boshdan kechiradi.

4. “Karakomik Filmler: 2 Arada” (drama)

Bosh rollarda:

Jem Yilmaz, Jemre Ebuzziya, O‘zan Gyuven, Zafer Algyoz, Uraz Kayigilaro‘g‘li.

Rejissor:

Jem Yilmaz.

“Karakomik filmlar” “Kachamak” va “2 Arada” deb nomlangan ikki xil filmdan iborat. “Kachamak”da ta’tilga birga boradigan 4 do‘stning sarguzashtlari haqida gap ketadi, “Arada” filmida butun hayoti paraxodda kechgan Ayzek ismli odamning hayoti hikoya qilinadi.

5. “Ertaga bitta chipta” (melodrama)

Bosh rollarda:

Metin Akdyulger, Dilan Chichek,  Deniz Tevfik Kartal, Fatma Filiz Sencan, Ismail Sen.

Rejissor:

O‘zan Achiktan.

Filmda Anqaradan Izmirga sayohat paytida yo‘llari kesishgan ikki notanish juftlikning ishqi hikoya qilinadi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-08-2020, 18:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 54) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют