» » “Elchining qizi” serialidagi hamkasbiga oshiq bo‘lgan Engin Akyurek haqida faktlar

“Elchining qizi” serialidagi hamkasbiga oshiq bo‘lgan Engin Akyurek haqida faktlar


O‘zbek tomoshabinlariga “Elchining qizi”, “Pul va gul ishqi” seriallaridagi ijrosi bila yaxshi tanish bo‘lgan turk aktyori Engin Akyurek haqidagi ma’lumotlarni e’tiboringizga havola etamiz.

Engin 1981-yil 12-oktabrda Anqarada dunyoga kelgan. Maktab yillarida futbol o‘ynash, gitara chalish bilan shug‘ullangan Enginning kelajakda aktyor bo‘lishi yetti uxlab tushiga ham kirmagan. Maktabni bitirib Anqara davlat universitetiga qabul qilingan bo‘lajak aktyor “Lingvistika va tarix” yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olgan. Talabalik yillarida drama to‘garaklariga qatnashgani uning kasb bilan bog‘liq tanlovi aniq bo’lishida muhim rol o‘ynagan.

2004-yilda universitetni tamomlaganidan keyin yosh iste’dod egalari uchun mo‘ljallangan “Turkiya yulduzlari” shousida qatnashib, “Eng yaxshi aktyor” nominatsiyasiga loyiq deb topilgan. Shundan keyin unga “Xorijlik kuyov” serialida rol ijro etish uchun taklif kelib tushadi. “Fotmagulning aybi nima?” va “Pul va gul ishqi” serialidagi rollaridan keyin esa Engin mashhurlikka erishadi.

Turkiyadagi eng talabgir va ko‘rkam aktyorlardan biri sanaladigan Enginning yozuvchilik qobiliyati ham yo‘q emas. Uning materiallari Kafas?na G?re jurnalida chop etiladi.

Suratga olish ishlari 2019-yilda boshlangan “Elchining qizi” serialida Neslihan bilan birga bosh qahramon rolini ijro qilganidan keyin aktyor hayotida o‘zgarish yuz bergan. Turk axborot agentliklari ma’lumotiga ko‘ra, shaxsiy hayotini boshqalarga ko‘z-ko‘z qilishni istamaydigan Engin serialda rafiqasi rolini gavdalantirgan Tulkan Azkan bilan munosabat boshlagan va birga sayr qilayotganida paparatssi nishoniga uchragan. Ularning munosabatlari qanchalik jiddiy va kelajagi bor yoki yo‘qligini esa vaqt ko‘rsatadi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-07-2020, 09:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют