» » Turkiyaning eng kelishgan boydoq aktyorlari

Turkiyaning eng kelishgan boydoq aktyorlari


Nafaqat tashqi korinishi, balki aktyorlik mahorati bilan ham muxlislar qalbidan joy olgan turk kinosanoatining boydoq yulduzlari haqida malumot beramiz.

Chagatay Ulusoy

Ozbek tomoshabinlariga Ichkarida filmidagi Sarp roli bilan yaxshi malum bolgan Chagatay aslida ushbu royxatda bolmasligi kerak edi. Chunki uning sevgilisi bor va juftlik ancha vaqtdan beri birga bolgan. Ammo karantin vaqtida tortishib qolgan yulduzlar sal otmay munosabatlariga chek qoydi va bundan buyon Ulusoyni hech ikkilanmay boydoqlar safida deb elon qilish mumkin.

Jan Yaman

Tong qushi serialida birgalikda rol ijro qilganidan keyin Jan Yaman va Demet Ozdemir ortasida sevgi uchqunlari paydo bolgan va juftlik uchrashishni boshlagandi. Lekin munosabatlar filmdagi singari uzoq va davomli bolmadi. Ayni vaqtda Jan Yamanning fikri-xayoli karyeraqilish bilan band.

Barish Arduch

Ijaradagi sevgi serialidagi Omer roli orqali millionlab qizlar yuragini zabt etgan Barish aktrisa Gyupse Ozay bilan bir necha yildan beri uchrashishiga qaramay, uylanishga oshiqmasligini takidlaydi.

Engin Akyurek

Engin ham Barish singari ancha vaqtdan beri Nevbahar Doyuran bilan ishqiy munosabatda bolsa-da, turmush qurishga shoshmaydi.

Burak Deniz

Malikam, endi qara serialidagi kelishgan, yosh, agentlik rahbari sifatida tanish bolgan aktyor ancha vaqt hech kim bilan uchrashmagandi, lekin karantin vaqti aktrisa Beste Kokdemir bilan bir necha marta paparatsi nishoniga uchradi. Ular ortasida qanday aloqalar borligidan qati nazar, fakt faktligicha qoladi Burak Deniz rasman ?boydoq.

Onur Tuna

Qarashlari bilan muxlislar mehriga sazovor bolganiga qaramay, Onurning shaxsiy hayotida hanuz hech kim yoq yoki bor bolsa ham bu sir. Turkiyaning eng mashhur boydogi deb topilgan aktyor etirofga munosib bolishda davom etmoqda.

Chaglar Ertugrul

Fazilatxonim qizlari serialida zamonaviy Darsi obrazini gavdalantirgan Chaglar nafaqat aktyor, balki model va sportchi hamdir. U intervyularda ovqat tayyorlash va boshqa uy ishlarini ozi eplay olishi sabab ham hali uylanishga ehtiyoji yoqligini takidlagan.

Sechkin Ozdemir

Sechkin Jan Yamandan avval Demet Ozdemirning sevgilisi bolgan. Ayni vaqtda u yolgiz va erkinligini hozircha kimdir bilan bolishish niyati yoq.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
: admin (20-06-2020, 17:41)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 2) ( 0) ( 2) ( 0)
:
-
:
:
-
20 ... -