» » Video: O‘t o‘chirishga mo‘ljallangan Toyota Land Cruiser

Video: O‘t o‘chirishga mo‘ljallangan Toyota Land Cruiser


Minilgan avtomobillar eksporti bilan shug‘ullanuvchi Yaponiyaning Pacific Coast Auto kompaniyasi 1996-yili Toyota Land Cruiser pikapi bazasida yaratilgan o‘t o‘chirish avtomobilini sotuvga qo‘ydi. Maxsus transport vositasi kichik shaharlarda ishlashga mo‘ljallangan, deb xabar beradi Motor.

Noodatiy maxsus texnika vositasining asosini 1996-yilda ishlab chiqarilgan Toyota Land Cruiser tashkil etadi. Avtomobilga barcha zaruriy jihozlar, jumladan, o‘t o‘chiruvchilar shlangi, nasoslar, yig‘ma havoza va o‘t o‘chirgichlar o‘rnatilgan.

Maxsus transport, shuningdek, qo‘shimcha bamper va yo‘ltanlamas g‘ildiraklari bilan jihozlangan.

Yaponiyadagi aksariyat yo‘llar tor bo‘lganligi sabab yangi ixcham maxsus texnika favqulodda xizmat xodimlariga yong‘in joyiga tezda yetib olish imkonini beradi. Avtomobil ixtirochilarining so‘zlariga ko‘ra, bu kabi transport vositasi o‘t o‘chiruvchilarning ulkan mashinasidan farqli o‘laroq kichik shaharlarda foydalanishda qo‘l keladi. Mazkur maxsus texnika 20 yilga yaqin xizmat ko‘rsatishi mumkin.

O‘t o‘chiruvchi Toyota Land Cruiser’ga 129 ot kuchiga ega 4,2 litrli V6 o‘rnatilgan. Agregat besh pog‘onali mexanik uzatmalar qutisi yordamida boshqariladi. Odometrga ko‘ra, to‘liq uzatmali avtomobil hozirga qadar 15 ming kilometr yo‘l bosgan. Ayni vaqtda mazkur nusxa auksion orqali texaslik xaridorga sotilgan. Model narxi oshkor etilmagan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-08-2020, 20:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 85) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют