» » Litva hukumati Svetlana Tixanovskayaga boshpana va qo‘riqchilar taqdim etdi

Litva hukumati Svetlana Tixanovskayaga boshpana va qo‘riqchilar taqdim etdi


Belarus prezidentligi saylovida Aleksandr Lukashenkoning raqibi bo‘lgan va saylovdan keyin Litvaga ketishga majbur bo‘lgan Svetlana Tixanovskaya o‘z bolalari bilan xavfsiz joyda turibdi. Bu haqda Litva tashqi ishlar vaziri Linas Linkyavichyus ma’lum qildi, deb yozmoqda Meduza.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Tixanovskaya davlat tomonidan taqdim etilgan boshpanada turibdi, unga qo‘riqchilar ajratilgan. “Hukumatga ma’lum qilgan holda unga joy ajratilgan, u mehmon maqomida”, — deya ma’lum qilgan vazir.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Tixanovskaya Belarusdan ketishidan oldin unda Litva vizasi bo‘lgan. “Unda Litvaning milliy vizasi bo‘lgan, bu u Litvada bir yil davomida cheklovlarsiz qolishi mumkinligini bildiradi. Ko‘rinishidan, bu uning Litvaga ketish tanlovini belgilab bergan”, — deya ta’kidlagan tashqi ishlar vaziri.

Vazirning qo‘shimcha qilishicha, Tixanovskayaning saylovoldi shtabi rahbari Mariya Moroz ham ayni paytda o‘z bolalari bilan Litvada.

11-avgust kuni Tixanovskaya Belarusdan chiqib ketgani va Litvada ekanligi ma’lum bo‘ldi. Uning shtabi tomonidan ma’lum qilinishicha, prezidentlikka nomzod bu ishni o‘z xohishi bilan qilmagan, balki shtab rahbari Mariya Morozning ozod etilishi evaziga hukumat bosimi ostida amalga oshirgan.

Shuningdek, 11-avgust kuni Tixanovskayaning videomurojaati e’lon qilingan. Unda Tixanovskaya o‘zining ketishi “og‘ir qaror” bo‘lganini ma’lum qilgan. “Men duch kelgan bunday tanlovda qolishni Xudo ko‘rsatmasin”, — degan Tixanovskaya.

Keyinroq Belarus hukumati tarafdori bo‘lgan Telegram kanal Tixanovskayaning boshqa bir videomurojaatini e’lon qildi. Nomzod mazkur murojaatda kameraga qaramasdan, varaqdan o‘z tarafdorlariga qaratilgan va namoyishlarni to‘xtatish haqidagi chaqiruvni o‘qib bergan.

Eslatib o‘tamiz, Belarusda 9-avgust kuni prezident saylovi bo‘lib o‘tdi. Poytaxt Minskda prezident saylovidan keyin norozilik namoyishi boshlangan. Belarus Markaziy saylov komissiyasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, prezidentlik saylovlarida respublikaning amaldagi rahbari Aleksandr Lukashenko 80,23 foiz ovoz to‘plagan. Muxolifat nomzodi Svetlana Tixanovskaya esa rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 9,9 foiz ovoz olgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-08-2020, 22:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют