» » O‘zbekistondagi koronavirusga chalingan odamlarni davolash bo‘yicha vaqtincha tashkil etilgan shifoxonalar qator tuzilmalarga biriktirildi

O‘zbekistondagi koronavirusga chalingan odamlarni davolash bo‘yicha vaqtincha tashkil etilgan shifoxonalar qator tuzilmalarga biriktirildi


Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-avgustdagi “Koronavirus infeksiyasini yuqtirgan bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 461-son qarori qabul qilindi, deya xabar bermoqda Norma.

Ma’lum qilinishicha, qaror bilan Sog‘liqni saqlash vazirligining Zangiota tumanida ixtisoslashgan tibbiyot majmualari negizida koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashga mo‘ljallangan maxsus “1-son Zangiota” va “2-son Zangiota” shifoxonalarini tashkil etish to‘g‘risida taklifiga rozilik berildi.

Qarorda:

Belgilanishicha, maxsus shifoxonalar:

Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida koronavirus infeksiyasini yuqtirgan shaxslarni davolash maqsadida tashkil etiladigan vaqtinchalik shifoxonalar quyidagi muassasa va tuzilmalarga biriktiriladi:

Shuningdek, qarorda maxsus va vaqtinchalik shifoxonalar faoliyatini tashkil etish, asbob-uskunalar, dori vositalari bilan ta’minlash, moliyalashtirish va moddiy-texnik ta’minlash, tibbiyot xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tartibi yozilgan.

Markaziy va oilaviy poliklinikalar negizida tashkil etiladigan maxsus poliklinikalar (“COVID markaz”) xodimlarining lavozim maoshiga 6 foiz miqdorida har kunlik qo‘shimcha to‘lovlar o‘rniga quyidagi miqdorlarda har oylik moddiy rag‘batlantirish to‘lovlari belgilandi:

Ambulator poliklinikalar qoshida tashkil etilgan mobil brigadalar xodimlariga tungi vaqtda va bayram kunlari ishlaganligi uchun nazarda tutilgan miqdorlarda haq to‘lanishi ko‘zda tutilgan.

Shifoxonalar, bemorlar bilan aloqa qiladigan tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlari va boshqa xodimlarga har 14 kunlik faoliyat davri uchun Prezidentning “Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishga jalb qilingan tibbiyot va sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlarini qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 26-martdagi PQ-4652-son qaroriga muvofiq maxsus qo‘shimcha rag‘batlantirish to‘lovlari to‘lanadi. Shifoxonalar rahbarlariga mazkur to‘lovlarni zaruratga qarab, kunbay tarzda to‘lash huquqi berildi.

Transport vazirligiga sog‘ayib chiqqan bemorlarni hamda shifoxonalarning tibbiyot xodimlarini tashish uchun kerakli miqdorda avtobuslar ajratish topshirildi.

Bojxona qo‘mitasiga Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar doirasida muruvvat yordami tariqasida yuborilgan va lozim darajada rasmiylashtirilmagan homiylik yordami va yuklarni istisno tariqasida, bojxonadan chiqarilishi va taqsimlanishi bo‘yicha zarur amaliy yordam ko‘rsatish topshirildi.

Hujjat 2020-yil 4 avgust kuni kuchga kirdi.

Avvalroq Toshkentda tashkil qilingan COVID-19 bemorlarini taqsimlash markazlari kuch tuzilmalariga biriktirilgani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-08-2020, 22:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют