» » Koronavirus bilan kasallangan bemorlarni shifoxonadan tashqarida davolagan tibbiyot xodimlari jazolanadi

Koronavirus bilan kasallangan bemorlarni shifoxonadan tashqarida davolagan tibbiyot xodimlari jazolanadi


Koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni belgilangan davolash-profilaktika muassasalaridan boshqa joylarda inyeksion va infuzion dori vositalaridan foydalangan holda davolash va shifokor buyurgan muolajalarni amalga oshirish taqiqlandi, deb xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Sog‘liqni saqlash vaziri 2020-yil 6-avgust kuni imzolagan “Koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolash mezonlarini tartibga solish va retro-prospektiv tahlil o‘tkazish to‘g‘risida”gi buyrug‘ida bu haqda bayon qilingan.

Hujjatga ko‘ra, koronavirus bilan kasallangan bemorlarni davolash uchun moslashtirilgan davolash-profilaktika muassasalaridan tashqarida bemorlarni davolamaslik va belgilangan muolajalarni olib bormaslik to‘g‘risida O‘zbekistondagi barcha tibbiyot muassasalarida faoliyat yuritayotgan shifokor va o‘rta tibbiyot xodimlaridan kafolat xatlari olinadi. Vazirlikning tibbiy xizmatlar sifatini nazorat qilish boshqarmasi mazkur tartibga amal qilinishini nazorat qiladi.

Nodavlat tibbiyot tashkilotlari rahbarlariga ham ushbu qoidaga amal qilish tavsiya etilgan. Ushbu tartibga rioya qilmagan xodimlar Sog‘liqni saqlash vazirining 2020-yilning 5-avgust kuni qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish borasidagi ishlarni yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga va COVID-19 bilan kasallangan bemorlarni davolash bo‘yicha vaqtinchalik ko‘rsatmalar”ning 6-nashrida belgilangan tartib va tavsiyalarga zid harakat qilgan deb topilib, javobgarlikka tortilishi qat’iy belgilab qo‘yilgan.

Avval 2020-yil 4-avgustda Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga chalingan bemorni ambulator va uy sharoitida davolashda e’tibor qaratish lozim bo‘lgan jihatlar haqida ma’lumot bergan, undan avval 24-iyul kuni Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Barno Odilova uyda davolanayotgan bemorlar parvarishida ahamiyat berilishi kerak bo‘lgan jihatlarga to‘xtalgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-08-2020, 07:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют