» » Bo‘kada mol boqish uchun yaylov talashgan erkak hamqishlog‘ining qorniga o‘roq sanchib oldi

Bo‘kada mol boqish uchun yaylov talashgan erkak hamqishlog‘ining qorniga o‘roq sanchib oldi


Toshkent viloyati Bo‘ka tumanida ikki hamqishloq mol boqish uchun yaylov talashib janjallashgan va erkaklardan biri ikkinchisiga o‘roq bilan jarohat yetkazgan. Bu haqda Tergov departamenti xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2020-yilning 6-avgust kuni soat taxminan 18:30 da Bo‘ka tumani “Kamolot” fermer xo‘jaligi dala maydonida 31 yoshli Z.E. qo‘shnisi, 33 yoshli D.Y. bilan qoramollarini boqish uchun yaylov talashgan. Natijada kelib chiqqan o‘zaro janjal oqibatida Z.E. qo‘lida bo‘lgan o‘tkir o‘roqning tig‘ qismi bilan D.Y.ning chap tomon qorin bo‘shlig‘iga bir marta sanchib, tan jarohati yetkazgan.

Natijada D.Y. tan jarohatlari bilan tibbiy muassasaga yotqizilgan. Hodisa joyi tezkor tergov guruhi tomonidan ko‘zdan kechirilib, jinoyat quroli sifatida foydalanilgan o‘roq ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Bo‘ka tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Z.E. jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida jalb etilib, unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-08-2020, 06:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 43) ( 0) ( 41) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют