» » Bo‘stonliqda 33 yoshli ayol erini himoya qilaman deb ikki kishini pichoqlab qo‘ydi

Bo‘stonliqda 33 yoshli ayol erini himoya qilaman deb ikki kishini pichoqlab qo‘ydi


Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida qo‘shnilar o‘rtasida janjal kelib chiqqan va 33 yoshli X.X. erini himoya qilish maqsadida ikki kishiga pichoqlab qo‘ydi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Bo‘stonliq tumani “Xo‘ja” MFYda yashovchi qo‘shnilar 42 yoshli M.M. va 47 yoshli K.M. hamda 35 yoshli U.X. o‘rtasida 4-may kuni soat 16:30 larda avvaldan mavjud bo‘lgan nizo sabab o‘zaro mushtlashuv yuzaga kelgan. Mushtlashayotganlarni ko‘rgan X.X. oshxonadan pichoq olib, M.M. va K.M.ga tan jarohati yetkazgan va turmush o‘rtog‘ini ajratib olgan.

Natijada M.M. va K.M. olgan tan jarohatlari bilan Bo‘stonliq tuman tibbiyot birlashmasiga olib kelingan, sud tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ikkalasiga ham og‘ir tan jarohati yetkazilganligi aniqlangan. Hodisa joyini ko‘zdan kechirish jarayonida bir dona oshxona pichog‘i va qon dog‘lari ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Bo‘stonliq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan X.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlariga kirishilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-05-2020, 19:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют