» » Bo‘stonliqda 29 yoshli erkak kollej o‘quvchisini pichoqladi

Bo‘stonliqda 29 yoshli erkak kollej o‘quvchisini pichoqladi


Toshkent viloyati IIB tomonidan xabar berilishicha, 2018-yil 13-may kuni soat 23:30 da Bo‘stonliq tumanida yashovchi 1989-yilda tug‘ilgan X. O. uyi oldida Burchmullo o‘rmon xo‘jaligi kasb-hunar kollejining 3-bosqich o‘quvchisi, 1999-yilda tug‘ilgan A. Y.ni o‘zaro janjal natijasida oshxona pichog‘i bilan oyoq va dumba sohasiga sanchib olib, tan jarohati yetkazgan.

Sud-tibbiy ekspertizaning xulosasiga ko‘ra, A. Y. olgan jarohatlari og‘irlik darajasiga ko‘ra “yengil” tan jarohati ekanligi ko‘rsatilgan.

Bo‘stonliq tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan 2018-yil 14-may kuni X. O.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 109-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-05-2018, 22:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 104) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют