» » Navoiydagi maktabda o‘qituvchilarga ustama haq to‘lashda qonunbuzarlikka yo‘l qo‘yilgani ma’lum bo‘ldi

Navoiydagi maktabda o‘qituvchilarga ustama haq to‘lashda qonunbuzarlikka yo‘l qo‘yilgani ma’lum bo‘ldi


Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanidagi 12-maktabda o‘qituvchilarga ustama haq to‘lashda qonunbuzarlikka yo‘l qo‘yilgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “Daryo”ga Navoiy viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari Dilshod Mamarajabov ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, Qiziltepa tuman adliya bo‘limi tomonidan tuman xalq ta’limi tizimida monitoring o‘tkazilgan. Unda tashkilot tomonidan xodimlarga ustama pullari ortiqcha to‘lanib, qonunbuzarlikka yo‘l qo‘yilgani aniqlangan.

“Qonunchilikka ko‘ra, tashkilot tomonidan xodimga qo‘shib yozilgan pul qaytarib olinmaydi. Ammo Qiziltepa tuman xalq ta’limi tizimida ana shu tartibga amal qilinmagan”, — deydi Qiziltepa tuman adliya bo‘limi bosh maslahatchisi Sardor Iskandarov.

Ma’lum qilinishicha, Prezidentning “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, chet tilidan dars beradigan o‘qituvchilarning maoshiga tarif stavkasi bo‘yicha shahar maktablari uchun 15 foiz, qishloq maktablari uchun 30 foiz ustama puli qo‘shib beriladi. Biroq tumandagi 12-sonli umumiy o‘rta ta’limi maktabi o‘qituvchilariga mazkur ustama 15 foiz emas, 30 foizlik miqdorda to‘lab berilgan.

“Mehnat kodeksining 279-moddasi (ortiqcha to‘langan ish haqini qayta undirib olish shartlari) ko‘ra, ish beruvchi tomonidan ixtiyoriy ravishda to‘langan, shu jumladan, qonunning noto‘g‘ri qo‘llanishi oqibatida to‘langan ortiqcha ish haqi qayta undirilmasligi belgilangan. Bunda mazkur ta’lim muassasasining shahar maktablari darajasiga tenglashtirilganiga e’tibor berilmagan. Ta’lim tizimidagi ichki audit tekshiruvi davomida Prezident qarorining noto‘g‘ri qo‘llanilishi natijasida oylik ish haqi ortiqcha to‘lab yuborilganligi aniqlandi. Mazkur harakat ham qonunchilikka zid”, — deydi S.Iskandarov.

Shunga asosan, Qiziltepa tuman adliya bo‘limi tomonidan xatoga yo‘l qo‘ygan shaxslarga nisbatan ma’muriy va intizomiy jazo choralari qo‘llanilgan. Maktab xodimlaridan ushlab qolingan 10 millionga yaqin pul mablag‘lari qaytarilgan.

Mavzuga doir: Surxondaryoda Xalq ta’limi bo‘limi hisobchisi o‘qituvchilarning 355,3 mln so‘mlik mablag‘larini o‘zlashtirgani aniqlandi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-08-2020, 11:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют