» » O‘zbekistonda boshqa hududlardan kelib maktablarda dars berayotgan pedagoglarga ustama belgilandi

O‘zbekistonda boshqa hududlardan kelib maktablarda dars berayotgan pedagoglarga ustama belgilandi


O‘zbekistonda boshqa hududlardan kelib maktablarda dars berayotgan pedagoglarga ustama belgilandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.

Ustama miqdorlari quyidagi:

maktabda ishlagan davri 6 oydan 3 yilgacha – 10 foiz;

3 yildan 5 yilgacha – 20 foiz;

5 yildan 10 yilgacha – 30 foiz;

10 yildan 15 yilgacha – 40 foiz;

15 yildan ortiq – 50 foiz.

Qarorda ustama belgilanadigan hududlar ro‘yxati keltirilgan.

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida boshqa hududlardan kelib faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarga maxsus ustama belgilanadigan hududlar ro‘yxatiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari taklifiga binoan Xalq ta’limi vazirligi hamda Moliya vazirligi tomonidan kelishilgan holda o‘zgartirish kiritilishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-06-2019, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют