» » “Muhtasham yuz yil” yulduzlarini qayta birlashtirgan 5 ta turk seriali

“Muhtasham yuz yil” yulduzlarini qayta birlashtirgan 5 ta turk seriali


“Muhtasham yuz yil” – Turkiyada suratga olingan eng muvaffaqiyatli seriallardan biri sanaladi. Albatta, tarixiy voqealarga asoslangan boshqa seriallar ham mavjud, ammo hech biri bu qadar mashhurlikka erishmagan. Aktyorlarning barchasi o‘z o‘rnida tanlangani va qahramonlar xarakterini ochib bergani serialning o‘ziga xos xususiyatlaridan biridir.

“Muhtasham yuz yil” serialning suratga olish ishlari allaqachon yakunlanib, butun dunyoga namoyish etilgan bo‘lsa-da, aktyorlarning yana birlashishiga sababchi bo‘lgan 5 ta serial suratga olindi. Aktyorlar o‘sha-o‘sha, faqatgina ular boshqa obrazda namoyon bo‘ladi..

“Sen mening Vatanimsan”

Xalit Ergench, Berguzar Korel, Boran Kuzum, Okan Yalabik, Saadet Aksoy, Selma Ergech

“Sen mening Vatanimsan” dramasida bosh rolni Xalit Ergench va uning sevgilisini Berguzar Korel (hayotda ham Xalitning rafiqasi) ijro etadi. Ushbu tarixiy serialda Xalit harbiy obrazida namoyon bo‘ladi. Filmni suratga olishda 250 ga yaqin aktyor ishtirok etdi

“Fi Chi Pi”

Mehmet Gunsur, Ozan Guven, Berrak Tuzunatach, Nur Fettaho‘g‘lu, Yasemin Allen

Turkiya uchun noodatiy hisoblangan “Fi Chi Pi” serialida tanish chehralar talaygina. Masalan, bosh rollarni Mehmet Gunsur hamda Ozan Guven ijro etadi. Turk filmlari faqatgina sevgi yoki mafiya haqida bo‘ladi, deydiganlarga aynan ushbu serialni tomosha qilish tavsiya etiladi.

“Quyoshning qizlari”

Tolga Saritash, Burju Ozberk, Evrim Alasya, Irem Xelvajio‘g‘lu

“Muhtasham yuz yil”ning yosh aktyorlari Tolga Saritash hamda Burji Ozberkni “Quyoshning qizlari” to‘plamida ko‘rish mumkin. Qizig‘i shundaki, agar qahramonlar o‘rtasida sevgi chizig‘i bo‘lganida darhol “Muhtasham yuz yil” bilan taqqoslangan bo‘lardi. Ammo bu sodir bo‘lmadi.

“Mening ismim Gultepe”

Mete Xorozo‘g‘lu, Ekin Koch, Tolga Saritash, Burak Dakak, Evrim Alasya, Selen Ozturk, Shafak Bashkaya, Bige Onal, Fulya Aksular

“Muhtasham yuz yil” seriali aktyorlari “Mening ismim Gultepe” teleloyihasida yana bir bor birlashdi. 2014-yil suratga olingan ushbu serial haqida ma’lumotlar kam bo‘lsa-da, muxlislar tomonidan yaxshi kutib olindi.

“Bobil”

Xalit Ergench, Ozan Guven, Nur Fettaho‘g‘lu

“Bobil” serialida Xalit Ergench va Nur Fettaho‘g‘lu yana birlashdi. Ushbu serial yana eng yaxshi reytingda bo‘lishiga umid bog‘langandi, albatta. Lekin “o‘rtacha” bo‘lishga muvaffaq bo‘ldi. Nima bo‘lganda ham muxlislar “Muhtasham yuz yil”ning sevimli aktyorlarini ko‘rganidan mamnun.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-08-2020, 11:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют