» » AQShning xalqaro diniy erkinlik sohasidagi maxsus topshiriqlar bo‘yicha elchisi O‘zbekistonda mazkur yo‘nalishdagi ishlarni olqishladi

AQShning xalqaro diniy erkinlik sohasidagi maxsus topshiriqlar bo‘yicha elchisi O‘zbekistonda mazkur yo‘nalishdagi ishlarni olqishladi


O‘zbekistonning AQShdagi favqulodda va muxtor elchisi Javlon Vahobov AQShning xalqaro diniy erkinlik sohasidagi maxsus topshiriqlar bo‘yicha elchisi Samuel Deyl Braunbek bilan muzokaralar olib bordi. Bu haqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita axborot xizmati xabar qilgan.

Ta’kidlanishicha, AQSh davlat departamentining vakili O‘zbekistonda diniy tashkilotlarni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibini soddalashtirish bo‘yicha qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga yuqori baho bergan.

Shuningdek, Samuel Deyl Braunbek O‘zbekiston hukumatining xalqaro ekspertlar bilan birgalikda “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi yangi qonun loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha harakatlarini olqishlagan.

2019-yil dekabr oyida AQSh Davlat departamenti O‘zbekistonni diniy erkinliklar buzilishi tufayli xavotirga sabab bo‘layotgan davlatlar ro‘yxatida qoldirgandi. Oradan olti oy vaqt o‘tgach, dunyoda diniy erkinlik bo‘yicha yillik hisobotni taqdim etish munosabati bilan 10-iyun kuni o‘tkazilgan brifingda AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo O‘zbekistonda diniy erkinlik bilan bog‘liq vaziyat yaxshilangani haqida gapirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-08-2020, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют