» » Usmonxon Alimov AQShning xalqaro diniy erkinlik bo‘yicha elchisi bilan uchrashdi

Usmonxon Alimov AQShning xalqaro diniy erkinlik bo‘yicha elchisi bilan uchrashdi


18-sentabr kuni AQShning xalqaro diniy erkinlik sohasidagi maxsus topshiriqlar bo‘yicha elchisi Samuel Braunbek boshchiligidagi delegatsiya Diniy idoraga keldi. O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari ushbu martabali mehmon bilan muloqot o‘tkazdi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Elchi Samuel Braunbek janoblari o‘tgan vaqt davomida O‘zbekistonda amalga oshirilgan diniy sohadagi ishlarga yuqori baho berdi. Shuningdek, inson haq-huquqlari muqaddas ekani, ayni paytda bu masala mamlakatlar manfaati uchun katta xizmat qilishini alohida ta’kidladi.

Martabali mehmon “Hazrati Imom” majmuasidagi tarixiy obidalar, “Hazrati Usmon Mushafi”ni ziyorat qildi va “Baraqxon” madrasasidagi hunarmandchilik ishlari bilan tanishdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-09-2018, 14:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 121) ( 0) ( 119) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют