» » O‘zbekiston Prezidenti AQShning xalqaro diniy erkinlik sohasidagi alohida topshiriqlar bo‘yicha elchisini qabul qildi

O‘zbekiston Prezidenti AQShning xalqaro diniy erkinlik sohasidagi alohida topshiriqlar bo‘yicha elchisini qabul qildi


18-sentabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQShning O‘zbekistonga ishchi tashrif bilan kelgan xalqaro diniy erkinlik sohasidagi alohida topshiriqlar bo‘yicha elchisi Samuel Braunbekni qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining matbuot xizmati xabar bermoqda.

Davlat rahbari O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi har tomonlama hamkorlikning izchil mustahkamlanayotganligini chuqur mamnuniyat bilan ta’kidladi.

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning din sohasidagi siyosati barcha konfessiya vakillari uchun teng imkoniyatlar yaratishga asoslanganligini ta’kidladi.

Taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish doirasida diniy ta’lim sohasidagi faoliyatni tubdan yaxshilash bo‘yicha aniq choralar qabul qilindi.

Mamlakatda islom dinining asl insonparvarlik mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Islom taraqqiyoti markazi, O‘zbekiston islom akademiyasi, Imom Buxoriy nomidagi xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etildi.

O‘zbekiston BMT Bosh assambleyasining “Ta’lim va diniy bag‘rikenglik” maxsus rezolyutsiyasini qabul qilish tashabbusi bilan chiqdi.

Samuel Braunbek samimiy qabul uchun minnatdorlik izhor qilib, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarga yuqori baho berdi va Amerika tomoni ularni qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi.

O‘zbekiston tomonidan inson huquqlari va diniy erkinligini ta’minlashda erishilgan taraqqiyotga alohida urg‘u berdi.

O‘zbekiston—Amerika hamkorligi, shu jumladan, fuqarolik jamiyati institutlarini mustahkamlash, mamlakatda konfessiyalar o‘rtasidagi bag‘rikenglikni ta’minlash masalalaridagi hamkorlikni kengaytirishga tayyor ekanligi bildirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-09-2018, 21:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют