» » O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 32 mingdan oshdi

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 32 mingdan oshdi


O‘zbekistonda 12-avgust soat 10:00 holatiga ko‘ra koronavirusga chalinganlar soni soni 232 nafarga ko‘payib, jami kasallanish holatlari soni 32 215 taga yetdi, deya xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Yangi kasallanish holatlarining

qayd etilgan. Ta’kidlanishicha, ushbu 232 ta holatning bari tana harorati ko‘tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

“Shu bilan birga, Chilonzor tumanida yashagan 61 yoshli Sh.A. (ayol) hamda Yashnobod tumanida yashagan 55 yoshli B.A. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi”, — deyiladi SSV axborotida. Shu tariqa, SSV hisobi bo‘yicha koronavirus qurbonlari soni rasman 208 nafarga yetdi.

Hozirgacha bemorlarning 24 090 nafari (75 foizi) sog‘aygan. “Hozirda mamlakatimizda 7 917 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 1308 nafari og‘ir, 428 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda”, — deyiladi SSV axborotida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-08-2020, 12:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 38) ( 0) ( 36) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют