» » Yoshlarning ovoziga quloq tutish juda muhimdir. Shavkat Mirziyoyev Samarqandda otkazilayotgan yoshlar forumi qatnashchilariga tabrik yolladi

Yoshlarning ovoziga quloq tutish juda muhimdir. Shavkat Mirziyoyev Samarqandda otkazilayotgan yoshlar forumi qatnashchilariga tabrik yolladi


Prezident Shavkat Mirziyoyev Yoshlar 2020: global miqyosdagi birdamlik, barqaror taraqqiyot va inson huquqlari mavzusida otkazilayotgan Samarqand forumi qatnashchilariga tabrik yolladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati malum qildi.

Hurmatli forum qatnashchilari!

Qadrli yoshlar!

Barchangizni Yoshlar 2020: global miqyosdagi birdamlik, barqaror taraqqiyot va inson huquqlari mavzusida otkazilayotgan inson huquqlari boyicha Samarqand forumi qatnashchilarini qutlash menga ulkan mamnuniyat bagishlaydi. Siz, azizlarni Xalqaro yoshlar kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrishga mazkur forumni otkazish togrisidagi tashabbusimizni qollab-quvvatlagani uchun chuqur minnatdorlik bildiraman.

Xalqaro anjuman ishida ishtirok etayotgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti, YuNESKO, Xalqaro mehnat tashkiloti, Migratsiya boyicha xalqaro tashkilot, Parlamentlararo ittifoq, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdostligi, Islom hamkorlik tashkiloti vakillari va boshqa sheriklarimizga tashakkur izhor etaman.

Aziz dostlar!

Malumki, kelajakka intilib yashaydigan yosh avlod sayyoramizda farovon hayot va yuksak taraqqiyot barqaror bolishi uchun yangi goyalar va ijodiy ruhdagi say-harakatlarni amalga oshiradigan beqiyos kuchdir.

BMTning Yoshlar strategiyasida takidlanganidek, yoshlar siymosida eng qimmatli va ota muhim resurslar mujassam topgan bolib, unga har qancha investitsiya kiritsa arziydi, chunki bu sarmoyalar bir necha barobar ziyoda bolib qaytadi. Men goyat muhim ushbu fikrga toliq qoshilaman.

Shu yilning boshidan buyon COVID-19 pandemiyasi bilan bogliq vaziyat global hayot kun tartibidagi markaziy masala bolib kelmoqda. Yangi koronavirusning tarqalishi butun dunyoda jiddiy iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlarga olib keldi. Aholi, birinchi galda yoshlar ana shu tahdidlarga javoban davlatlar hamda xalqaro hamjamiyat tomonidan keng kolamli chora-tadbirlar korilishini talab etadigan koplab muammolarga toqnash keldi.

Bunday sharoitda yoshlarning ovoziga quloq tutish juda muhimdir. Ularning dolzarb ehtiyojlarini taminlash, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan milliy, mintaqaviy va global strategiya va dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda bevosita ishtirok etishlari uchun yoshlarga imkoniyat yaratib berish zarur.

Bugungi murakkab vaziyatda yosh avlod vakillari zamonaviy tahdidlarga, jumladan, pandemiyaga qarshi ozlarining istiqbolli tashabbuslari va ijtimoiy loyihalari bilan munosib javob berayotgani etiborga sazovordir. Butun jahonda kongilli yoshlar yordamga muhtoj aholi qatlamlarini qollab-quvvatlashda, yangi iqtisodiy va gumanitar dasturlarni ilgari surishda faol ishtirok etmoqda.

Hurmatli forum ishtirokchilari!

Hozirgi zamonda intellektual va manaviy yetuk, tashabbuskor yoshlar barqaror taraqqiyotning drayveriga aylanmoqda. Bugungi kunda yangi Ozbekiston yoshlari mamlakatni modernizatsiya qilishga qaratilgan jadal va keng kolamli islohotlarning harakatlantiruvchi kuchi va faol ishtirokchisi bolib maydonga chiqmoqda.

Aholisining yarmidan ziyodini yoshlar tashkil etadigan Ozbekistonda ularning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini taminlash davlat siyosatining ustuvor yonalishi etib belgilangan.

Faqat keyingi yillarning ozida yosh avlodni har tomonlama qollab-quvvatlash va uygun rivojlantirishga, har bir navqiron inson jamiyatda munosib orin egallashiga qaratilgan bir qator qonunlar, Prezidentning farmon va qarorlari, hukumat qarorlari qabul qilindi.

Oliy Majlis palatalari huzurida Yoshlar parlamentlari tuzildi, Yoshlar ishlari agentligi va Yoshlar masalalari boyicha idoralararo kengash tashkil etildi.

Hozirgi vaqtda Ozbekiston yoshlari 2025 konsepsiyasi ishlab chiqilmoqda, yoshlar bilan ishlash samaradorligini baholashning yagona mezonlari, yoshlar siyosatini baholashning milliy indeksi joriy etilmoqda.

Bugungi kunda insoniyat duch kelayotgan koplab muammolar tinchlik va xavfsizlikka tahdidlar, terrorizm va ekstremizm, irqchilik, iqlim ozgarishlari, shuningdek, COVID-19 pandemiyasi ozaro kelishilgan global hamkorlikni va mavjud muammolarni hal etish jarayonlariga yoshlarni faol jalb qilishni talab etmoqda.

Shu munosabat bilan BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida Ozbekiston tomonidan ilgari surilgan Yoshlar huquqlari togrisidagi konvensiyaning qabul qilinishi jahondagi ikki milliarddan ortiq yigit va qizlarning haq-huquqlarini taminlashda muhim ahamiyatga egadir. U yosh avlodni marifiy ruhda tarbiyalash, ijtimoiy qollab-quvvatlash, ularning manfaatlarini himoya qilish, oz salohiyatini royobga chiqarishi uchun shart-sharoit yaratishdek ezgu maqsadlarga xizmat qiladi. Ushbu tashabbus xalqaro jamoatchilik tomonidan keng qollab-quvvatlanmoqda.

Bugungi Forum ishtirokchilari ham ana shu tashabbusni qollab-quvvatlaydilar, hujjat loyihasini oz amaliy takliflari bilan boyitadilar, deb ishonaman.

Qadrli yoshlar!

Bugun oz ishini boshlayotgan Samarqand yoshlar forumi global miqyosdagi birdamlik, barqaror rivojlanish va inson huquqlarini, tinchlik va taraqqiyotni taminlash yolida navqiron avlod tomonidan qoyilgan muhim amaliy qadam va qimmatli hissa boladi, deb umid qilaman.

Forumning barcha ishtirokchilariga faoliyatlari samarali bolishini tilayman.

Shavkat Mirziyoyev,Ozbekiston Prezidenti

1213-avgust kunlari Inson huquqlari boyicha Samarqand forumi otkazilishi,ushbu forum yoshlar huquqlarini targib qilishning dolzarb masalalariga bagishlanishi togrisidaxabar berilgandi.Ozbekistonda inson huquqlari boyicha otkaziladigan xalqaro forumda mamlakatdagi 30 dan ortiq yoshlar tashkilotlari ishtirok etadi.



Manba: Daryo.uz
: admin (12-08-2020, 15:26)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 42) ( 0) ( 40) ( 2)
:
-
:
20 ... -