» » O‘zbekistonda inson huquqlari bo‘yicha o‘tkaziladigan xalqaro forumda mamlakatdagi 30 dan ortiq yoshlar tashkilotlari ishtirok etadi

O‘zbekistonda inson huquqlari bo‘yicha o‘tkaziladigan xalqaro forumda mamlakatdagi 30 dan ortiq yoshlar tashkilotlari ishtirok etadi


12—13-avgust kunlari Inson huquqlari bo‘yicha Samarqand forumi o‘tkazilishi, ushbu forum yoshlar huquqlarini targ‘ib qilishning dolzarb masalalariga bag‘ishlanishi to‘g‘risida xabar berilgandi. Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy markazining “Daryo”ga ma’lum qilishicha, Samarqand veb-forumida O‘zbekistonning yoshlar tashkilotlari qatnashadi.

Ma’lum qilinishicha, Samarqand veb-forumida yoshlar huquq va manfaatlarini himoya qilishning eng muhim jihatlari muhokama qilinishi munosabati bilan uning ishida 30 dan ortiq O‘zbekiston yoshlar tashkilotlari vakillari Respublikaning barcha hududlaridan turib ishtirok etadi.

Jumladan, veb-forumda ishtirok etishga quyidagi yoshlar tashkilotlari ixtiyor bildirgan:

Ushbu forum inson huquqlari sohasida xalqaro va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash maqsadida tashkil etilayotgan ikkinchi xalqaro anjuman hisoblanadi. “Inson huquqlari bo‘yicha Osiyo forumi” deb nomlangan birinchi xalqaro anjuman 2018-yil 22—23-noyabr kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tgan. Uning ishtirokchilari tomonidan Inson huquqlari bo‘yicha Samarqand deklaratsiyasi qabul qilingan.

Mavzuga doir:

Ma’lumot uchun, Samarqand forumida Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Yevropa Ittifoqi, Islom Hamkorlik Tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, Afrika Ittifoqi tizimidagi yoshlar tuzilmalari rahbarlari, diplomatik korpus vakillari, inson huquqlari bo‘yicha xalqaro, mintaqaviy va milliy institutlar, fuqarolik jamiyati institutlari, yoshlar tashkilotlari vakillari, olimlar va ekspertlar, jami 300 dan ortiq kishi ishtirok etish istagini bildirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-08-2020, 14:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют