» » Inson huquqlari bo‘yicha Osiyo forumida Samarqand deklaratsiyasi qabul qilindi

Inson huquqlari bo‘yicha Osiyo forumida Samarqand deklaratsiyasi qabul qilindi


Samarqand shahridagi Forumlar majmuasida 22—23-noyabr kunlari Inson huquqlari bo‘yicha Osiyo forumi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissarining maxsus vakili Adam Abdelmula Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganining 70 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan ushbu forum sohada faoliyat olib borayotgan milliy institutlar, xalqaro ekspertlar uchun o‘zaro fikr va tajriba almashish, 2030-yilgacha Barqaror rivojlanish maqsadlarini ro‘yobga chiqarish uchun vazifalarni belgilab olishda muhim ahamiyat kasb etganini ta’kidladi.

Shu sababli mazkur forumni an’anaviy tarzda o‘tkazish taklifini bayon etdi.

Forum qatnashchilari ikki kunlik muhokamalar yakunlari yuzasidan Inson huquqlari bo‘yicha Samarqand deklaratsiyasini qabul qildi.

Ushbu hujjat Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi va Barqaror rivojlanish maqsadlarida belgilangan vazifalarni yanada samarali bajarishga xizmat qilishi e’tirof etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-11-2018, 09:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют