» » Inson huquqlari bo‘yicha Osiyo forumida Oliy Majlis va YeXHT byurosi o‘rtasida memorandum imzolandi

Inson huquqlari bo‘yicha Osiyo forumida Oliy Majlis va YeXHT byurosi o‘rtasida memorandum imzolandi


Avval xabar berganimizdek, Samarqand shahridagi Forumlar majmuasida Inson huquqlari bo‘yicha Osiyo forumi ish boshladi. Bu haqda O‘zA ma’lum qildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan keng miqyosli tadbir BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy byurosi, BMTning O‘zbekistondagi doimiy vakolatxonasi, BMT Taraqqiyot dasturining mamlakatdagi vakolatxonasi va Istanbuldagi mintaqaviy markazi, YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori va Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi, Yevropa Kengashi Parlament assambleyasi hamkorligida tashkil etildi.

“Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganining 70 yilligi yakunlari: zamonaviy tahdidlar va real voqelik” mavzusidagi forumda milliy va xorijiy ekspertlar, parlament va sud tizimi, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, hisobotlar taqdim etish va keyingi harakatlar bo‘yicha davlat muvofiqlashtirish organlari, inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar, fuqarolik jamiyati tashkilotlari xodimlari, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar vakillari ishtirok etmoqda. Shuningdek, tadbirga Rossiya, Xitoy, Hindiston, Eron, Markaziy Osiyo davlatlari, Armaniston, Gruziya, Ozarbayjon, Mo‘g‘uliston, Afg‘oniston kabi qator mamlakatlardan vakillar kelgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning forum ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigini Oliy Majlis Senati Raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev o‘qib eshittirdi. Shuningdek, BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishning videomurojaati tinglandi.

BMT Bosh kotibining maxsus vakili, Markaziy Osiyoda preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markaz rahbari Natalya German inson huquqlari bo‘yicha Osiyo forumi 2017-yil noyabr oyida Samarqandda o‘tkazilgan “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik” mavzuidagi xalqaro anjumanning uzviy davomi ekanini qayd etib, bu galgi tadbir nafaqat mintaqa xalqlari, balki butun Osiyo uchun ahamiyatli ekanini ta’kidladi.

Forumda, shuningdek, YeXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi direktori Ingibyorg Solrun Gisladottir, MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi — ijrochi kotibi Sergey Lebedev, YeXHT parlament assambleyasi raisi Georgiy Sereteli, BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissarining maxsus vakili Adam Abdelmula va boshqalar inson huquqlarini himoya qilish borasida bugungi kunda xalqaro miqyosda olib borilayotgan ishlar va kelgusidagi vazifalar, mazkur anjumanning ahamiyati haqida so‘z yuritdi.

Parlamentlararo ittifoq Bosh kotibi Martin Chungongning forum ishtirokchilariga murojaati tinglandi.

Osiyo forumi doirasida Oliy Majlis bilan YeXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi hamda YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalari muvofiqlashtiruvchisi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-11-2018, 15:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 48) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют