» » “Suzuk ota” majmuasini saqlash uchun qo‘shimcha mablag‘lar ajratiladi

“Suzuk ota” majmuasini saqlash uchun qo‘shimcha mablag‘lar ajratiladi


Vazirlar Mahkamasi 2020-yil 5-avgustdagi “Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Mustaqillik maydonini ko‘kalamzorlashtirish, obodonlashtirish va saqlash departamentini maxsus texnika va avtotransport vositalari bilan ta’minlash to‘g‘risida” 464-son qarorni qabul qildi. Bu haqda Norma xabar bermoqda.

Qaror bilan Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida barpo etilgan “Suzuk ota” majmuasida obodonlashtirish, sun’iy sug‘orish inshootlari va ko‘kalamzorlashtirish obyektlarini qurish ishlari yakunlanganligi hamda majmuani saqlash va undan foydalanish Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Mustaqillik maydonini ko‘kalamzorlashtirish, obodonlashtirish va saqlash departamentiga yuklanganligi ma’lumot uchun qabul qilindi.

Ma’lum qilinishicha, 2020—2021-yillarda Toshkent shahar hokimligi huzuridagi departamentni ta’minlash uchun maxsus texnika va avtotransport vositalari ro‘yxati ilovaga muvofiq (14 ta) va xodimlar shtatini oshirish (+ 33 ta) tasdiqlandi.

Shuningdek, Toshkent shahar hokimligiga 2020-yilda qo‘shimcha shtat birliklariga, “Suzuk ota” majmuasidan foydalanish va saqlash xarajatlariga hamda maxsus texnika va avtotransport vositalarini xarid qilish uchun zarur mablag‘larni Toshkent shahar mahalliy budjeti mablag‘lari hisobidan ajratish topshirildi.

Toshkent shahar hokimligi va Moliya vazirligiga 2021-yildan boshlab, Toshkent shahar mahalliy budjeti parametrlarini shakllantirishda “Suzuk ota” majmuasidan foydalanish va uni saqlash xarajatlariga hamda maxsus texnika va avtotransport vositalarini xarid qilish uchun zarur mablag‘larni nazarda tutish topshirildi.

Hujjat 2020-yil 6-avgustdan kuchga kirgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-08-2020, 16:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 70) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют